Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar (TUK)



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə28/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
ilovepdf merged (2)

Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar (TUK) darsda qoʻllaniladigan vositalardan tularok foydalanish va shu bilan birga oʻquvchilar jismoniy tarbiyasini maqsadga muvofiq xal etish uchun tanlab olinadi.
Konspektning tashkiliy uslubiy koʻrsatmalar boʻlimiga darsni maqsadga muvofiq tashkil etish; shugʻullanuvchilarni darsga tashkil etishning usullari; oʻrgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari; darsni oʻtkazish sharoitlari yoziladi.
Tashkiliy uslubiy koʻrsatmalarni tanlashda oʻrganilayotgan mashqni, oʻquvchi jismoniy tayyorgarligini va individual xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Tashkiliy uslubiy kursatmalar matnini har xil rasm va sxemalarda ham chizish mumkin. Masalan: saflanish va qayta saflanishlarni: oʻquvchi mashgʻulot joylarini: asbob-anjomlarni joylashtirish va h.k. Konspektda qoʻllaniladigan tashkiliy uslubiy koʻrsatmalarni 4 ta guruhga ajratish mumkin:

    1. Darsni tashkil etish;

    2. Darsni oʻtkazish uslubiyati;

    3. Dars sharoiti;

    4. Darsda utilganlarni hisobga olish.

  1. Darsni tashkil etishga tegishli kursatmalar dars davomida shugʻullanuvchilarni tashkil etishning metodlarini; frontal, guruhli, individual, aylanma va ularni bajarish usullarini yozishni taqozo etadi. Masalan:

  • mashqni mustakil bajarish;

  • ikki doiraga qayta saflash.

Yozuvlar sxema tarzida ham yozilishi mumkin.
9

  1. Ikkinchi guruhga darsni oʻtkazish uslubiyati kiradi. Bu yerda oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan oʻrgatish va tarbiyalash metodlari va metodik usullari; darsda yuklamani tartibga solishning metodik usullari; intizomni tiklashni, sport turi boʻyicha hakamlik malakalariga oʻrgatishning usullari yoziladi. Masalan:

  • qismlarga boʻlib oʻrgatish;

  • shugʻullanuvchilarga yon tomon bilan turib koʻrsatish;

  • mashqni koʻzni yumib bajarish;

  1. Dars sharoitida mashgʻulot joyini tayyorlash boʻyicha qanday ishlar kilinishi va kim bajarishi; keyingi darsga nimalar tayyorlanishi, baxtsiz xollarning oldini olish uchun qanday tadbirlarning bajarilishi kerakligi koʻrsatiladi. Masalan:

  • navbatchi oʻquvchi oʻzi oldidan oʻtuvchiga navbatma-navbat gimnastik tayoqchalarni tarkatadi;

  • irgʻitish joyini tayyorlashni ikki oʻquvchiga topshirish.

  1. Dars jarayonida oʻtilganlarni hisobga olishda oʻrgatilgan materialni oʻquvchilar tomonidan qay darajada oʻzlashtirilganligini tekshirib koʻrish bilan bogʻlik boʻlgan koʻrsatmalar yoziladi. Masalan:

ESLATMA: Konspektning tashkiliy uslubiy kursatmalar boʻlimiga mashqning texnikasiga va gigienik omillarga doir ma’lum boʻlgan narsalarni yozish tavsiya etilmaydi. Masalan:

  • toʻgʻri qadi-qomatni nazorat etish;

  • oyoqni, gavdani bukmaslik kerak kabi koʻrsatmalar.

Dars konspektiga oʻqituvchi imzo chekishi kerak, chunki bu oʻquv hujjati boʻlib hisoblanadi.
Dars tugagandan soʻng dars oʻtkazgan oʻqituvchi oʻtkazilgan dars boʻyicha ushbu konspektga qisqacha oʻz muloxazalarini yozishi lozim. Bunda: dars oldiga qoʻyilgan vazifalarning xal etilganligi; dars mobaynida kiritilgan uzgarishlar; yoʻl qoʻyilgan xatolar, intizom, shugʻullanuvchilarning darsga boʻlgan munosabatlari xakida fikr yuritilib, darsga xulosa (baho) yasaladi.

10


Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin