Kalit soʻzlar: xronometraj (darsning umumiy va motor zichligi) nazoratiningqoʻllanilishi,oʻqituvchiningtarbiyaviyishlari,oʻquvchilarningxulqi,darsniumumlashtirishhamdadarsningumumiyyokimotorzichligioʻquvchilarningtayyorgarlik darajasiga mos boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi maqsadga muvofiqekanligi.
Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj darsning umumiy va motor zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Darsningumumiyzichligideb pedagog nuqtai-nazardan toʻgʻri foydalanilgan vaqtning butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi.
Darsningmotorzichligideb, oʻquvchining bevosita harakat faoliyatiga, mashq bajarish uchun sarflangan vaqtga aytiladi.
Xronometrajdan olingan ma’lumotlar darsning pedagogik taxlilini ma’lum darajada chuqurlashtiradi, chunki har xil faoliyat uchun ketadigan vaqtni ratsional sarflash imkonini beradi.
Darsnitekshiruvchixronometrajningqoʻyidagihujjatlarni: xronometraj bayonnomasini;
umumiy va motor zichligini;
V) dars zichligini matnda yozilgan taxlilini olib borish kerak.
Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomasiga dars vazifalarini, shuningdek har xil boʻlimlarga yoki dars qismlariga belgilangan
vaqtni aniqlab olishi kerak. Buning uchun tekshiruvchi dars oʻtuvchining konspekti bilan tanishishi shart.
Bayonnomani olib borishning keyingi qismi aynan dars oʻtish mobaynida qoʻyidagi shakl boʻyicha toʻldirilib, faqatgina ikkita grafa- “oʻquvchilar ish faoliyatining mazmuni-2” va “ish faoliyatining tugash vaqti-3” toʻldiriladi.