Kuzatuvchibuboʻlimdaqoʻyidagilargae’tiborberishikerak: Darsning uz vaqtida boshlanishi va tugallanishi; dars qismlari ayrim asboblarda ish bajarish va mashq turlari uchun taqsimlangan vaqtning maqsadga muvofiqligi;
Dars qismlarida oʻquvchilar faoliyatini tashkil etishning usullarini qoʻllanishi, maqsadga muvofiqligi, ularning dars mazmuniga va vazifalariga, oʻquvching yoshlariga mosligi, darsning yuklamasi va zichligiga ta’siri misollar bilan tasdiqlanadi.
Darsning qismlarida oʻquvching harakat faolliklarini oshirish uchun qanday metodik usullardan foydalanildi, ularning dars vazifalarini xal etishdagi samaradorligi misollar bilan tasdiqlanadi.
Darsda oʻquvchilardan yordamchilar sifatida foydalanishning effektivligi, ularning uz vazifalarini bajarishga tayyorgarliklari, jismoniy tarbiya jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari. Pedagogning oʻz yordamchilari ishlarini nazorat qilishi va baholashi.
Darsning tayyorgarlik qism vositalarini, uning bajaradigan funksiyasiga muvofiqligi (maxsus tayyorgarlik va yondoshtiruvchi, oʻquvchi darsga jalb etuvchi mashqlarning mavjudligi va yuklamaning yetarli boʻlishi).
Darsning asosiy qismi uchun mashqlarni tanlash, shugʻullanuvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, oʻzlashtirayotgan materialning ketma-ketligi, mashqlarni bajarish uchun yengillashtirilgan sharoitlar yaratish, koʻnikma va malakalarni hisobga olish kerak.
Darsning yakunlovchi qismiga vositalar tanlashda asosiy qismda bajarilgan ishlarning xususiyatlari e’tiborga olinganmi, organizmning tiklanishi ta’minlanganmi yoʻqmi shularga e’tibor berish kerak.
Uyga topshiriqlar, ularning toʻgʻriligi va xususiyatlari, ularning qoʻllanishiga boʻlgan asosiy talablarga rioya qilinganmi, oldingi dars topshiriqlarini tekshirish amalga oshirildimi?