Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə4/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
ilovepdf merged (2)

Soʻzdan foydalanish uslubiyati. Bolada jismoniy mashq haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish uni koʻz oldiga keltirib fikrlashiga yordam beradi. Koʻrgazmalilik va soʻz yordamida tushuntirish uslubiyati ikkalasi birga qoʻshib olib borilsa, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshitishi bilan yoki yozilganlarini koʻrishi, eshitishi bilan mashqlarni qiynalmasdan bajara olish malakasiga ega boʻla boshlaydilar.
Bolalar qanchalik harakat malakasi tajribasiga boy boʻlsa, ularga jismoniy mashq oʻrgatishda soʻz bilan tushuntirish uslubiyatidan foydalanish osonroq boʻladi. Soʻzni harakteri oʻrganishni har xil bosqichida turlicha boʻlishi lozim. Oʻrgatishni boshlanishida harakat toʻliq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish, qisqa koʻrsatma berishlari bilan almashinadi. Koʻrsatmalar yordamida harakatdagi xatolarni toʻgʻirlash va ogoxlantirish va ularni baholash mumkin. Buyruqlar va koʻrsatmalar maktabgacha yoshdagilarga jismoniy mashqlarni teng boshlash, tugallash, uni suroatini aniqlash, ritmini, harakatga yoʻnalish berish uchun qoʻllaniladi.
Gimnastikada qabul qilingan eng oddiy buyruqlar, mashq musiqasiz bajarila boshlansa, asosan katta yoshdagi guruhlarda undan foydalanish mumkin. Koʻrsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda koʻproq foydalaniladi. Koʻpchilik jismoniy mashqlar, ashulalar, sherlar mazmuni aytiladigan voqealar va harakatni qanday bajarilishi kerakligi haqida yozilgan matnni oʻqish bilan qoʻshib ijro etiladi. Bajarilish paytida bolalarga savol berish, ularni fikrlashga oʻrgatish, oʻsha jismoniy mashq haqida toʻliq boʻlimga, harakatni his qilishga imkoniyatni koʻpaytiradi. Suhbat ham bajariladigan jismoniy mashq haqida koʻproq ma’lumot fikrga ega boʻlish va jismoniy mashqlarni bajarilishi haqida lozim boʻlgan
malakalarga manbaa boʻladi. Hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar oʻqish, rasmlar koʻrish, stadionlarga ekskursiyalar va sayrlar qilish orqali ham yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
Mashq uslubiyati juda xilma-xildir. Maktab yoshigacha bolalarda harakatlar va jismoniy mashqlar birvarakayiga hamma uchun umumiy holda koʻrsatish va bajarish koʻproq olingan jismoniy mashqlar bolaning anatomik-fiziologik qobiliyatiga mos kelsin. Bu yoshda koʻproq dinamik harakterdagi mashqlar tanlab olinishi, bir yoʻla koʻplab asosiy muskul guruhlariga, organizmiga fiziologik ta’sir oʻtkaza oladigan, chaqqonlikni, harakat koordinatsiyasini rivojlantirishga sharoit yaratadiganlardan foydalanish lozim. Bu talablarga jismoniy mashqlarni velosipedda yurish, suzish, harakatli oʻyinlar, sport oʻyinlari elementlaridan olingan mashqlar javob beradi.
Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarga statik harakterdagi jismoniy mashqlar berish tavsiya etilmaydi. Bu mashqlar nerv tizimi va muskullarni toʻldiradi, qon aylanish va nafas olishini buzadi, toʻliq muskul qisqarishini talab qiladigan kuch mashqlari muskul va nerv boʻgʻinlarini ishlarini susaytiradi. Yoshi ulgʻaygan sari jismoniy mashqlar ham oʻzgartiriladi va qiyinlashtiriladi. Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda kattalar yordamida sust harakatlar, faol harakat elementlari umumjismoniy mashqlar (jihozli va jihozsiz, chalqancha yotish bilan, oʻmbaloq oshish bilan, boshni har tomonga burishlar) emaklashlar, yugurishga tayyorlovchi mashqlar, balandlikka chiqish va eng sodda oʻyinlardan foydalaniladi. Bu yoshdagilar dasturida asosiy oʻrinni uqalash (masaj) egallaydi.
Bir yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda sal qiyinroq boʻlgan umumjismoniy mashqlar, jismli va jismsiz (toʻp, yogʻoch, gimnastika oʻrindigʻi), asosiy harakatlar (yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, chuqurlikka sakrash), saflanishning eng oddiy mashqlari, velosipedda yurish, suzishni oʻrganishga tayyorlov mashqlari beriladi. Dasturda bu yoshdagilar uchun kerakli harakatli oʻyinlar va raqs mashqlariga kengroq joy ajratilgan. Olingan oʻyinlar bu yoshdagilar uchun qoidasini soddaligi gʻolibni aniqlashni osonligi bilan farqlanadi va asosan turli obrazlar timsolida, taqlid tarzida oʻynaladi (qushlar hayvonar va h.k.).
3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalardagi mashgʻulotlarga oʻrgatiladi, amalda esa uni bolalar faoliyatini tashkillashning “frontal” uslubi deb aytishadi. Masalan, bajarilishi kerak boʻlgan mashqni ayrim elementlariga koʻproq e’tibor beriladi. Uzoqqa uloqtirishni koʻrsatayotib oldin dastlabki holatga, soʻng qolgan elementlarga e’tibor beriladi.
Bolalarda kattalarga nisbatan tez va yengil shartli aloqa vujudga keladi, lekin ularni tez-tez qaytarib turilmasa, bu shartli aloqa mustahkam boʻlmaydi. Harakat malakasini mustahkamlash uchun uni koʻp takrorlayverish, tolishini vujudga keltiradi. Shuning uchun qaytarishni xilma-xil variantlarda takrorlash lozim. Mashqni takroriy bajarishlar faqat oʻzlashtirilayotgan material texnikasi haqida shugʻullanuvchi mukammal tasavvurga ega boʻlgandan soʻngina amalga oshiriladi. Harakat malakalarini mustahkamlashhar xil sharoitda oʻyin, musobaqa, turli-xil topshiriqlarni bajarish shaklida amalga oshiriladi. “Kim shu mashqni yaxshi bajara oladi”, “Kim bayroqchaga tez yugurib borib qaytib kela oladi”, “Toʻpni kim uzoqroqga ota oladi” yoki “Moʻljalni ura oladi’ kabilar. Jismoniy mashqlarni oʻrgatishdagi oʻzigaxoslik oʻqitish uslubiyatlarini oʻzaro munosabatlarda namoyon boʻladi.
Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni oʻqitishda taqlid qilish, koʻrib toʻrgan narsaga, yoki oʻsha narsaga yoki oshqasiga, uni teskarisiga, pastga, balandga, orqaga va h.k. deb moʻljalga olish, oʻyin usullarini kiritish, oʻqitishni emotsionalligini oshiradi. Maxsus bilimlarni bu yoshdagilar diafilpmlardan, kino, mashqni tushuntirayoganda eshitayotib, harakat texnikasini, harakatli oʻyinlar qoidalarini oʻrganishda foydalanadilar va shu bilan bir qatorda shaxsiy va umumiy gigienik tushunchalarga ega boʻlib boradilar.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin