ESLATMA: Har bir oʻquv muassasa oʻquv jarayoni jadvaliga asoslangan xolda bosqichlardagi soatlarni taqsimlashi mumkin.
Respublika akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bugungi kunda har xil sport bazalariga ega. Bundan tashqari ularning iqlim sharoitlarida ham farqi bor. Shu
nuqtai-nazardan dasturning turlari boʻyicha taqsimlanishi taxminiy boʻlib hisoblanadi.
Oʻquv muassasalarining jismoniy tarbiya boʻyicha raxbarlari uz sharoitlarini hisobga olgan xolda oʻquv soatlarini jismoniy tayyorgarlik turlari boʻyicha taksimlanishiga (tegishli boshqarmalar bilan kelishgan xolda) oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan darslar iloji boricha ochiq havoda, oʻyin va musobaqa tarzida oʻtkazish hamda har bir darsda oʻquvchilarga uyga vazifalar berishi maqsadga muvofiqdir. Uyga beriladigan vazifalarning mazmuni: qomatni rostlash, gigienik qoidalarga rioya qilish, ertalabki gigienik gimnastika majmualarini tuza bilish va bajarish, mustaqil yugurish, harakat koʻnikmalarini bajarish, nazariy bilimlarni kengaytirish va mustaxkamlash, harakat sifatlarini rivojlantirish, sport turlari tarixini, xozirgi axvolini, musobaqa qoidalarini oʻrganishlaridan iborat boʻladi.
Kasb-hunar kollejlari uchun jismoniy tarbiya boʻyicha oʻquv soatlarining taqsimoti
№
Dasturboʻlimlari
Oʻquvbosqichlari
Oʻquvdavomidaajratilgan soatlar
1-bosqich
2-bosqich
1.
Nazariy bilim asoslari
20
20
40
2.
Gimnastika
20
10
30
3.
Yengil atletika
24
16
40
4.
Sport uyinlari
40
28
68
5.
Oʻzbek kurashi (oʻsmirlar uchun
Raqs elementlari va ritmik gimnastika (qizlar uchun)
20
12
32
6.
Turizm (reja asosida)
7.
Suzish
12
8
20
8.
Batbaa tayyorgarlik
12
6
18
9.
Harakatli uyinlar
12
4
16
10.
Amaliy kasbiy jismoniy
tayyorgarlik
12
12
11.
Tanlab olinadigan sport turi
40
40
Jami:
160
156
316
ESLATMA: Har bir oʻquv muassasa oʻquv jarayoni jadvaliga asoslangan xolda bosqichlardagi soatlarni taqsimlashi mumkin.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiyaning maqsadi oʻquvchi foydali mehnatga, Vatanni ximoya qilishga va mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat.
Ushbumaqsaddankelibchiqqanxoldajismoniytarbiyaningvazifalari:
jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni xis qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli, jamoat ishlarida faol qatnashadigan, gʻoyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash;
oʻz faoliyatida kasb-hunarga oid jismoniy tayyorgarlik koʻnikma va malakalarini shakllantirish:
yuqori ishchanlikni ta’minlash, sogʻlikni saqlash haqida doimiy qaygʻurish:
harakat faoliyatini hajmini kengaytirish, jismoniy va ruxiy qobiliyatini shakllantirish;
hayotda kerakli mehnat faoliyatini va mudofaa xizmatini oʻtashni oʻrgatish:
jismoniy va ruxiy uygʻunlashgan xolda, harakat madaniyatiga, chiroyli tana tuzilishiga, optimal jismoniy taraqqiyotga va mustaxkam sogʻliqqa boʻlgan extiyojni shakllantirish:
sogʻlom turmush tarzini tashviqot qilish, xalq an’analarini, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni shakllantirish;
tanlangan sport turi boʻyicha oʻz maxoratini muntazam takomillashtirish;
kun tartibida faol harakatda boʻlish, jismoniy tarbiya, sport va sayyoxlik qonunlarini bilish, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida qoʻyidagi hujjatlar boʻlishi kerak: jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻquv dasturi, umumiy soatlar hajmining oʻquv semestrlariga taqsimot jadvali, yillik mavzular-taqvim reja, kunlik dars rejasi, tayanch konspektlari.
Oʻqituvchining darslarga yaxshi tayyorlanishi ularning muvaffaqiyatli oʻtkazilishi garovidir.
Oʻqituvchi darsga tayyorlanishni oʻquv yili boshlanishidan ancha oldin boshlaydi. U dastur materiallarini oʻrganib chiqadi, uni oʻtish izchilligini oʻylab chiqadi. Oʻqituvchi dastur materialini oʻquv muassasasining sharoiti va ob-havo sharoitiga muvofiq ravishda rejalashtirishga aloxida e’tibor beradi. Oʻqituvchi darsga tayyorlanish jarayonida uslubiy adabiyotlar, boshqa pedagoglarning tajribasi bilan tanishadi va barcha yaxshi narsalardan oʻz ishida foydalanadi.
Oʻqituvchi navbatdagi darsga tayyorlanishda oldingi darslarning yakunlarini hisobga olishi, qaysi materialni takrorlash, qaysi materialni oʻrganishni belgilashi kerak.
Darsga tayyorlanishda reja tuziladi va darsning aniq vazifalari belgilanadi.
Vazifalar aniq va tushunarli boʻlishi shart. Agar bir turdagi mashqlar bir necha darsda oʻtilsa, “takrorlash” ifodasi qoʻllanishi mumkin. Lekin, nima uchun va nima maqsadda takrorlanishi albatta koʻrsatiladi.
Darsning aniq vazifalari belgilangach, avval asosiy qism, soʻng esa kirish va yakunlovchi qism uchun material tanlanadi. Materialni tanlashda takrorlash soni, mashqlarni bajarishga ketadigan vaqt mikdori belgilanadi. U yuklama uchun ham, harakat malaka va koʻnikmalarini shakllantirish uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Dars rejasida joriy hisob masalalari ham aks etadi (qaysi mashq turi boʻyicha topshirikni tekshirish) va uyga berish mumkin boʻlgan vazifa belgilanadi. Darsga tayyorlanishda mashqlarni oʻtkazish uslubiyati bilan bogʻliq boʻlgan masalalarga katta e’tibor beriladi.
Oʻqituvchi dars paytida mashqlarni oʻtkazishda qayerda turishi, darsni qanday kuzatishi va oʻquvchilarga raxbarlik qilishini oldindan xal etib olishi kerak. Oʻqituvchi darsga tayyorlanayotib, darsga kiritilgan barcha mashqlarni bajaradi (oyna oldida). Bu unga oʻz tayyorgarligini tekshirib koʻrishga imkon beradi.
Agar oʻqituvchi dars rejasiga jixoz va inventardan foydalanishni taqozo qiladigan mashqlarni kiritadigan boʻlsa, bu dars boshlanishigacha hisobga olinishi kerak. Bunda qanday jixozdan foydalanish, qanday inventar zarur boʻlishi, uni kim va qachon tayyorlashi va mashgʻulotdan soʻng kim yigʻishtirib olishi koʻzda tutiladi.
Darsda inventarlardan aniq tartibda foydalanish juda kata tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Har bir oʻqituvchi darsning borishi, darsda oʻquvchi faoliyatining barcha jixatlarini, darsning butun mazmuni va uni oʻtkazish usullariga muvofiq dars konspektini tuzishi kerak. U oʻqituvchining tajribasiga va maxoratiga karab koʻp yoki oz darajada toʻla va keng boʻlishi mumkin. Konspektni oʻqituvchi darsni yaxshiroq oʻtkazish uchun tuzadi.