Sporttayyorgarligitizimi- bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muhitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, sportchini tayyorlashni amaliy faoliyatidir.
Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi boʻlib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izlanishga asoslanadi.
Sportmashgʻulotlari- bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashgʻulotlari maxsus jarayonni oʻz ichiga olib, aniq tanlangan sport turi boʻyicha, sportchini yuqori koʻrsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.
-sport mashgʻulotlari pedagogik hodisa boʻlib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yoʻnaltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
Sport mashgʻulotlari atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qoʻllaniladi.
Sportchinitayyorlash- kengroq tushuncha boʻlib, u sportda yuksak koʻrsatkichlarga erishishga tayyor boʻlishi va uni amalga oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Mashq bilan chiniqqanlik- mashgʻulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
Tayyorgarlik darajasi atamasi tayyorgarlikning qaysi darajada ekanligini koʻrsatadi.
Sportmashgʻulotlaritizimi- bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslublari va sport koʻrsatkichini, shuningdek, mashgʻulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliyatini bir butunligidir.
Sportkoʻrsatkichlari- bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini koʻrsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda, tayyorlash izimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport koʻrsatkichlari, sportchini iqtidorligini aniqlaydi.