Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə55/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
ilovepdf merged (2)

Nazariya - ilmiy bilimning oliy shakli boʻlib, tamoyillar va qonunlar, tushuncha va funksiyalari, uslubiyati va qoidalarini, umumlashtirish va tahlil qilishda, ma’lum sohadagi bilimlarni bir butunligicha tushunchaga keltiradi. Sport nazariyasini haqiqiyligi sport faoliyati amaliyotda aniqlanadi, yoki nazariya bilan amaliyot bir-biri bilan mustahkam bogʻlangandir.
Sport nazariyasini obyektiv holati inson faoliyati sohasini ijtimoiy hodisasi sifatida, musobaqalarni oʻtkazish va tashkil qilish tizimini, musobaqalarda yuqori sport natijalari va gʻalabaga erishish, shu bilan sogʻligini mustahkamlash va insonni umumiy jismoniy rivojlantirish maqsadida oʻquv-trenirovka mashgʻulotlarini oʻtkazish hisoblanadi.
Sport nazariyasini maqsadi - fan sifatida anglab etish, tavsif, tushuntirish va obyektiv qonunlarni bashorat qilish, sport faoliyati jarayonlarini va koʻrinishlarini, predmet tuzilishini oʻrganadigan va ijtimoiy holatlarni oʻz ichiga olishi, tashkillashtirilishi, metodik, biologik va sport bilan bogʻliqligini hisobga olishdan iboratdir.
Sport nazariyasini koʻp funksionalli jamiyat hodisasi sifatida, jismoniy madaniyat instituti va jismoniy tarbiya fakultetlariga moʻljallangan oʻquv dasturidagi hajmi boʻyicha sportchini tayyorlash tizimidagi sportni har xil sohalari boʻyicha oʻquv predmetidir.
Sport nazariyasi gepotezo-deduktiv yoki induktiv-deduktiv nazariya turiga kirib, bu ma’lum tizim va emperik (amaliy tajriba) holatini logik bogʻliqligiga ega. Sport nazariyasi bir-biri bilan bogʻlangan, predmet va xodisalar majmuida,
sport sohasiga taalluqli bilimlar tizimi quyidagi asosiy funksiyalarga ega: tavsiflovchi, tartibga tushuruvchi, bashorat qiluvchi olingan natijalarni umumlashtiruvchidir. Bundan tashqari amaliy va metadologik funksiyalar bilan farqlanadi.
Sport nazariyasida quyidagi elementar tuzilishlar ajratiladi:

        1. Dastlabki emperik asoslari (tajriba yoʻli bilan) - bu sport faoliyati toʻgʻrisida tajriba davomida tanlab olingan, nazariy tushuntirishga muhtoj ma’lumotlardir.

        2. Dastlabki nazariy asoslari quyidagi tarkibiy qismlarga ega:

  • koʻp yillik yoki kelajakdagi faoliyat natijalarini onglab etishi va amaliy qayta tuzilishida aniq haqiqatni yorituvchi birlashgan shakli tushuniladi, bu esa onglab etgan maqsadni oʻz ichiga oladi.

  • asosiy tamoyillari dastlabki holatda, kerakli qonuniyatlarni bildiradigan nazariya kutadigan ma’lumotlardir.

        1. Dastlabki logik asoslari - sport nazariyasida shunday tushuncha borki, u xodisa va predmetlar xususiyat-larini, faqat ilmiy holda emas balki, ilmiy bilimgacha boʻlgan bilimni ham koʻrsatadi.

        2. Oʻzining nazariy qismi - bajarilgan mashqlardan yigʻilgan samaradorligini qoldiq oqibatini, tushuntirish va tasdiqlashni oʻz ichiga oladi.

Shunday qilib sport nazariyasi - bu sportni ahamiyati toʻgʻrisida tushuncha beriladigan, qonuniyatlari va asosiy atamalariga jamiyatda amal qilish, uning mazmuni va shakllari boʻyicha optimal ravishda sport tayyorgarligi va musobaqa faoliyatini birlashtiradigan bir butun tizimidir.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin