guruh- yakkakurash boks, kurash (barcha turlari), qilichbozlik va boshqalar;
guruh - sport oʻyinlari futbol, xokkey, basketbol, voleybol, suv polasi va boshqalar.
guruh - koʻpkurash changʻi ikki kurashi, yengil atletika koʻpkurashi, zamonaviy beshkurash va boshqalar.
Olimpiya sport turlari tasnifi
Sport oʻyinlari (musobaqa mashqlari) boshqacha qilib aytganda oʻynalayotgan medallar miqdoriga (oltin, kumush, bronza) qarab tasniflanadigan sport turlari ham mavjud.
Yengil atletika, suzish, sport gimnastikasi, akademik eshkak eshish, boks va boshqalar medallar miqdori koʻp boʻlgan sport turlariga kiradi. Lekin shu paytning oʻzida olimpiya bellashuvlarida futbolchilar bitta oltin, bitta kumush va bitta bronza medali uchun kurash olib boradilar.
Sportturlarinimusobaqanatijalarinibelgilashusuliboʻyichahamtasniflash mumkin. guruh - metr oʻlchov natijalariga koʻra sport turlari: yengil atletika, ogʻir atletika, velosport, togʻ changʻisi, changʻi, ot sportlari va boshqalar.
guruh - oʻzining aniqligi, goʻzalligi, mazmundorligi, harakat amplitudasiga koʻra natijasi ball bilan baholangan sport turlari - gimnastika, akrobatika, figurali uchish va boshqalar.
guruh - yakkakurash va sport oʻyinlari turlari. Sport turlariga koʻra va guruh oʻz navbatida guruhlarga boʻlinadi:
musobaqa faoliyati vaqti cheklangan turlari (futbol, xokkey, basketbol, qoʻl toʻpi va boshqalar);
pirovard natija cheklangan turlar (voleybol, tennis, stol tennisi va boshqalar);
cheklangan vaqt tugaguncha gʻalabaga erishish mumkin boʻlgan turlar (boks - nokaut, kurash - sof gʻalaba).
guruh - koʻp qirrali xarakterdagi sport turlari (yengil atletika koʻpkurashi, zamonaviy beshkurash, biatlon, changʻi, ikki kurash va boshqalar).
Sport mashqlarini guruhlash tarzining koʻp qirraliligi hal etilayotgan masalalar xarakteriga koʻra u yoki bu tafsilot turidan foydalanish imkonini beradi.