Yillik siklda yuqori tasnifli sportchilarni rasmiy musobaqa va startlarga chiqish va mashgʻulot kunlarida erishilgan hajmi
Sportturlari
Musobaqakunlarini
Startlarsoni
Sportturlari
Musobaqakunlarini soni
Startlarsoni
Gimnastika
25-30
210-250
futbol
70-85
70-85
Suvga
sakrash
25-35
275-360
Stol tennisi
75-80
380-420
Qilichbozlik
30-40
415-480
Suv polosi
60-65
60-65
Oʻquv yigʻinlarini tashkil qilish va oʻtkazish uslubi ham musobaqalar darajasi (rangi)ga bogʻliq: bunday yigʻinlarda bajariladigan har bitta ish nihoyatda puxta oʻylanishi kerak. Masalan: sportchilarni yigʻin oʻtkaziladigan joyga olib borish; mashgʻulot kunlarning puxta rejalashtirilgan tartibi, dam olish; ovqatlanish tartibi, mashq oʻtkaziladigan joylar va hokazo ishlar. Bulardan tashqari, tarbiyaviy ishlar, tibbiy hizmat, ilmiy-metodik ta’minot amalga oshiriladi. Yigʻinlar turlicha yoʻnalishda boʻlishi mumkin: oʻquv-mashq yigʻini, kuch yigʻish yigʻini, nazorat- tayyorgarlik yigʻini, musobaqa yigʻini va hokazo. Shuni ham aytib oʻtish joizki, yigʻin boʻladigan joylarda sportchi uchun yaxshi sharoit yaratish lozim.
Oʻquv-yigʻinlarini uyushtiruvchilar boshqa tashkilotlar bilan yaxshi aloqa oʻrnatgan boʻlishlari zarur.
Sport haqida ma’lumotlar yigʻish va ularni tahlil qilish yoʻli bilan, nafaqat sportning bugungi mavqeini, shuningdek, kelajagini ham koʻz oldimizga keltirishimiz mumkin. Bu oʻrinda turli xil muvoffiqlashtirish xizmatlari mujassamlanadi (murabbiy, sportchi, shifokor, psixolog, metodist va boshqalar ular yangi texnik harakatlarni tuzilishi, amaliy murakkab mashgʻulotlarga funksional tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik kabi masalalarni birgalikda hal qiladilar.
Terma jamoalarni bunday mutaxassislar bilan ta’minlash uchun hamma erda muntazam ravishda yangi kadrlar tayyorlash va eski kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini olib borish kerak. Hozirgi kunda terma jamoalar uchun oliy toifadagi murabbiylarning malakasini oshiruvchi bir yillik kurslar ochilmoqda. Sport hakamlaridan nainki, hakamlik mahorati, balki shuningdek jismoniy, funksional tayyorgarlik ham talab qilinmoqda. Murabbiylar uchun ilmiy va metodik konferentsiyalar oʻtkaziladi, oliy darajadagi mutaxassislarni taklif qilish yoʻli bilan murabbiylar tajriba almashadilar va vaqti - vaqti bilan qayta attestatsiya qilinib turiladi.
Oʻquv yigʻinlari va musobaqalar paytida sportchilarning boʻsh vaqti va dam olishini toʻgʻri tashkil qilish va samarali oʻtkazish zarur. Terma jamoalarda gʻoyaviy-siyosiy tarbiya ishlari, jamoa a’zolarining yoshiga qarab turlicha olib boriladi.
Sportchilarning gʻoyaviy-siyosiy tarbiyasi tarkibiga nazariy seminarlar, siyosiy axborotlar, muhim ahamiyatli sanalarga bagʻishlangan kechalar va shu singari tadbirlar kiradi. Inqilob ishtirokchilari, fuqarolar urushi va mehnat qaxramonlari, sport faxriylari bilan boʻladigan uchrashuvlarni nihoyatda puxta oʻylab uyushtirish kerak boʻladi.
Yigʻin mavsumida mehnat tarbiyasiga e’tiborni qaratish lozim (xona, sport zalida, sport maydonchasida navbatchilik qilish, baza xududini ozoda saqlash,
kelgan qurilish materiallarini mashina va vagonlardan tushirish, zallarni, sport anjomlarni ta’mirlash, oshxonada, yotoqxonada navbatchilik qilish va boshqalar).
jadval