Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə13/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
ilovepdf merged (2)

Ta’lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, oʻrganilgan mashqlarni mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishga hamda oʻrganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qoʻllashga oʻrgatishga yoʻnaltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun oʻquv materiallarini izchil va mustahkam oʻrganishga olib keladi.
Ta’limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqa hillarini hal etish uchun esa bir darsning oʻzi kifoy qiladi. Masalan, arqonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni
bajarishda harakatlar ketma-ketligini bir darsning oʻzida texnik jihatdan mukammal oʻrganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun turkum darslar lozim. Qolaversa, shugʻullanuvchining harakat koordinatsiyasi, jismoniy tayyorgarligi, oʻzlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), oʻzlashtirilayotgan harakatga oʻxshash harakat zahirasiga ham bogʻliq. Arqonga oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda oʻrgatish mumkin. Bu kichik xususiy vazifa boʻlib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatidahal qilinadi.
Ta’limning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari oʻquvchilarni jismoniy tarbiya va sport, sogʻliqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni toʻgʻri bajarish haqidagi nazariy bilimlarini oshirishlari bilan ham hal qilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat ta’lim-tarbiya emas, balki insoniy fazilatlar e’tiborlilik, diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, maqsadga intilishi, mustaqilligi va qiyinchiliklarni engishdagi qat’iyyati va boshqalarni qoʻshib tarbiyalash talab qilinadi.
Sogʻlomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda hal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini toʻgʻri uyushtirish va oʻtkazish tegishli kiyim bosh bilan shugʻullanishni, mashgʻulotlarning joylarida zaruriy sanitariya- gigienaholatini saqlash va rioya qilish, darslarni ochiq havoda oʻtkazilishi, sogʻlomlashtirish vazifalarini hal etish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin