Darsning umumiy zichligi 93,3% ni tashkil qiladi. Jismoniy mashqlar bajariladigan mashgʻulotlarda motor zichlik maxsus koʻrsatkich boʻlib hisoblanadi. Masalan: harakatlarni bajarishga 20 daqiqa sarflangan boʻlsa, hisob qoʻyidagicha yechiladi:
45 daqiqa - 100 % 20x100
20 daqiqa –X% bundaX= =44,4 %
45
Darsning motor zichligi 44,4 %ni tashkil kiladi. Darsning umumiy va motor zichligini aniqlagandan soʻng uni taxlil qilish kerak. Umumiy zichlikning eng yuqori bahosi 45 daqiqaning ham masini toʻgʻri va aniq ishlatilishidir. Motor zichlikni optimal darajasi katta yoki kichkinaligi bilan bir qancha faktorlarga yozish darsni vazifaga, mashgʻulotni material tomonidan ta’minlanganligiga bogʻliq.
Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya darslaridagi optimal zichlik 4-5-sinflarda 37-47 %, 6-7-sinflarda 50-60%, yukori sinflarda 70% ni tashkil qilishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Darsda yuklamani me’yorlash metodikasi?
Dars zichligini koʻtarishga qaysi tashkiliy uslub yordam beradi?
Jismoniy tarbiya darslarida qaysi zichliklar aniqlanadi ?
Jismoniy tarbiya darslarida umumiy zichlik tushunchasiga ta’rif bering ?
Dars zichligini koʻtarishga qaysi tashkiliy uslub yordam beradi?
Jismoniy tarbiya darslarida motor zichlik tushunchasiga ta’rif bering ?
Kichik sinf oʻquvchilari jismoniy tarbiya darslarida umumiy va motor zichlik qancha foizni tashkil etish maqsadga muvofiq ?
Oʻrta sinf oʻquvchilari jismoniy tarbiya darslarida umumiy va motor zichlik qancha foizni tashkil etish maqsadga muvofiq ?
Yuqori sinf oʻquvchilari jismoniy tarbiya darslarida umumiy va motor zichlik qancha foizni tashkil etish maqsadga muvofiq ?
Jismoniy tarbiya darslarida xronometrj oʻtkazish qanday maqsadda amlaga oshiriladi ?