Dars qismlarida oʻquvchilarda toʻgʻri qadi-qomatni shakllantirishga, tuzatishga va takomillashtirishga qanday e’tibor berildi? Baho bering.
Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash ishlarining mazmuni: oʻquvchilarga qanday topshiriqlar berildi, jismoniy tarbiyaning qanday usullari (qat’iy tartiblashtirilgan mashq usullari, oʻyin, musobaqa usullari, aylanma mashq usuli va h.k.) qoʻllanildi, ularning maqsadga muvofiqligi va shugʻullanuvchilarning xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars oʻtkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi.
Darsdagi yuklamani baholash, uning oʻquvchilar xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars oʻtkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi, yuklamaning hajmini va shiddatini boshqarishda qoʻllanilgan metodik usullarni maqsadga muvofiqligi.
Dam olish uchun ajratilgan vaqt, uning qaytarilishi va davom etishi.
6. Pedagogning tarbiyaviy ishlari
Darsning turli qismlarida tarbiyaviy vazifalarni xal etish uchun qanday topshiriqlar berildi.
Oʻquvching aqliy, estetik, va mehnat tarbiyasi uchun nimalar qilindi va ular qanday amalga oshirildi (intizomlilik, doʻstlik va oʻrtoqlik xissiyotlarini tarbiyalash; oʻquvchilarda mustakillikni, mashqlarni oʻzi bajara olishini, fikrlash faolligini oshirishga qaratatilgan metodik usullarni qoʻllash; darsda muammo va ijodiy izlanish uchun sharoitlar yaratish, shugʻullanuvchilarning kuzatishda va xatolarni tugrilashda, natijalarni baholashda qatnashishlari; oʻzaro oʻrgatish va tarbiyalashni tashkil etish).
Pedagogning sinfni boshqara bilishi, oʻquvchilarda ongli munosabatlarni shakllantirishi, ularda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishga qiziqish uygʻotishi va h.k.
7. Oʻquvchilarning xulqi
Oʻquvchilarning darsga oʻz vaqtida tayyorlanishi, ularning darsga, ayrim topshiriqlarni bajarishga munosabati.
Shaxsning faollik, onglilik va tashabbuskorlik koʻrsatishi.
Koʻrsatilgan natijalarni nazorat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga boʻlgan bardoshligi.
Oʻquv-tarbiya ishlarining mazmuni va natijasidan oʻquvching qoniqish yoki qoniqmasligi, ularning emotsional xolati.
Oʻquvchilarning bir-biriga yordam berishi, ularning oʻqituvchiga boʻlgan munosabati.
Navbatchi va guruh sardorlarining oʻz burchlarini qanday bajarganliklari, kamchiliklari va yutuqlari.