Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Har bir jismoniy tarbiya darsi qoʻyidagi talablarga javob berishi kerak



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə42/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
ilovepdf merged (2)

Har bir jismoniy tarbiya darsi qoʻyidagi talablarga javob berishi kerak:


    • muayyan umumiy va xususiy vazifaga ega boʻlishi lozim. Umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa aloxida olingan bir dars mobaynida bajarilishi kerak;

    • dars uslubiy jixatdan toʻgʻri qurilgan boʻlishi lozim;

    • oldingi mashgʻulotlarni izchil davom ettirishi va ayni paytda yaxlit va tugallangan boʻlishi kerak: shu bilan birga u ma’lum darajada boʻlgʻusi darsning vazifalari va mazmunini koʻzda tutishi zarur;

    • dars mazmuniga koʻra oʻquvchilar tarkibining muayyan yoshiga, jinsi, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligiga muvofiq boʻlishi kerak;

    • dars oʻquvchilar uchun qiziqarli boʻlib, ularni faol faoliyatga da’vat etishi lozim;

    • har tomonlama jismoniy rivojlanishga, sogʻlikni mustaxkamlashga, qad- qomatni shakllantirishga yordam beruvchi mashqlar va oʻyinlar boʻlishi lozim;

    • tarbiyaviy harakterga ega boʻlishi zarur;

    • oʻquv kun tartibidagi boshqa darslar bilan toʻgʻri koʻshib olib borilishi kerak.

Jismoniy tarbiya darslari bilan bogʻliq boʻlgan eng muxim masalalardan biri uni qanday tuzish masalasidir.
Dars tuzilishi deganda aloxida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy moʻljalli reja tushuniladi. Dars tuzilishi oʻqituvchiga mashqlarni oqilona tanlash, materialni toʻgʻri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam beradi. Dars tuzilishi dastur materiallarini izchil oʻrganish asosida belgilangan vazifalarga bogʻliq.
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani xal etish koʻpincha, shugʻullanuvchilar organizmining zoʻr berishini talab qiladi. Bu ishga organizm tegishli darajada tayyorlangan boʻlishi kerak.
I.P. Pavlov organizmning qiyin vazifalarni xal etishga tayyor boʻlishi zarurligini koʻrsatib, sekin - astalik va trenirovka qilish va pedagogikada asosiy fiziologik qoidadir degan edi.
Bu koʻrsatma oʻqituvchi zimmasiga shugʻullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni darsning boshida emas, oʻrtasida, bir qadar tayyorgarlikdan soʻng xal etish majburiyatini yuklaydi. Darsning asosiy vazifalarini xal etish shugʻullanuvchilarni uyushtirishni, ularda zarur kayfiyat va bu vazifalarni bajarishga boʻlgan ishtiyoqni xosil qilishni talab etadi. Oʻquvchi uyushtirgach, Pavlovning asta-sekinlik haqidagi fiziologik qoidasi bajarilgandan soʻng asosiy vazifalarni xal qilishga kirishish mumkin. Asosiy pedagogik vazifalarni bajarish koʻpincha shugʻullanuvchilar zoʻr berayotgan, faollashgan davrga toʻgʻri keladi.
Oʻquvchilar organizmi nisbatan katta zoʻriqish va kuchli emotsional xolatdan vazmin xolatga birdaniga oʻtishi mumkin emas. Shuning uchun dars tuzilishida xotirjam xolatga asta-sekin utish va mashgʻulotni tashkiliy ravishda tugallash aks etadi. Shunday qilib har bir dars tuzilishi uch qismdan iborat boʻladi: birinchisi oʻquvchi darsning vazifalarini xal etishga tayyorlaydigan tashkiliy qism, u shartli ravishda tayyorgarlik qismi deb ataladi; ikkinchisi - darsning asosiy vazifalarini bajarishga yoʻnaltirilgan qism, u shartli ravishda asosiy qism deb yuritiladi; uchinchisi - dars yakuni, u shartli ravishda yakunlovchi qism deb ataladi. Darsning barcha vazifalari va mazmuni oʻzaro chambarchas bogʻlab amalga oshiriladi.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin