Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə50/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
ilovepdf merged (2)

Uchinchi guruhga katta jismoniy yuklamalar, nisbatan yuqori sur’atda bajariladigan ishchi harakatlari (masalan, qurilish ishchilari, shaxtyorlar va b.) bilan bogʻliq kasblar kiritilgan. Mashqlar majmuasining asosiy yoʻnalishi – bu organizmni umumiy, har tomonlama mustahkamlash. Mashqlar sekin, chuqur nafas olish bilan bajariladi. Majmuaga, odatda, quyidagi mashqlar kiritiladi:

  1. mashq – keyinchalik qoʻllar va elka kamari mushaklarini boʻshashtirish orqali tortilish.

  2. mashq – qoʻl mushaklarini boʻshashtirish.

  3. mashq – butun gavda mushaklarini (oʻtirgan yoki yotgan holatda) boʻshashtirish.

  4. mashq – yon tomonga egilishlar, gavdani burishlar.

  5. mashq – oʻrtacha va tez sur’atda qoʻllarni siltash harakatlari. 6-mashq – hamlalar, oʻtirib-turishlar, sakrashlar, yugurish.

7-mashq – diqqat–e’tibor va koordinatsiyaga yoʻnaltirilgan mashqlar.
Toʻrtinchi guruh aqliy mehnat vakillaridan iborat. Kam harakatli bunday ishlash salomatlik holatiga, jismoniy rivojlanishga noqulay (salbiy) ta’sir koʻrsatadi. Ular uchun quyidagi jismoniy tarbiya pauzalari mashqlari majmuasi tavsiya etiladi:

  1. mashq – tortilish.

  2. mashq – gavda, oyoq va qoʻl mushaklari uchun mashqlar.

  3. mashq – oldingi mashqlarni kuchli dinamika, katta amplitudalar bilan bajarish.

  4. mashq – yugurish, sakrashlar, oʻtirib-turishlar, sport yurishi. 5-mashq – qoʻllarni siltash harakatlari.

6-mashq – qoʻl mushaklarini boʻshashtirish uchun mashqlar. 7-mashq – diqqat-e’tiborga yoʻnaltirilgan mashqlar.

Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi


Jismoniy tarbiya daqiqalari, odatda, jismoniy tarbiya pauzalari hal etadigan vazifalar bilan bir xil vazifalarni yechishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya daqiqalari va mikropauzalar mehnatni ilmiy tashkil etish tizimining universal shakllari hisoblanadi, chunki ayrim hollarda jismoniy tarbiya pauzasi va gigienik gimnastikadan noqulay sanitariya-gigiena shart-sharoitlari, uskuna- qurilmalarni toʻxtatish imkoniyati yoʻqligi, uzluksiz texnologik jarayon va boshqalar sababli foydalanish mumkin boʻlmay qoladi. Masalan, elektr poezdlarining dispetcherlari, mashinistlari mehnatining xususiyati va tashkil etilishi ularga uzoq muddatli tanaffus qilish imkoniyatini bermaydi, tez-tez qisqa muddatli tanaffuslar esa ularga juda ham zarur. Shuning uchun ham ularga jismoniy tarbiya daqiqasi majmuasini bajarish tavsiya etiladi.
Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzani ishlab chiqib, jismoniy tarbiyasi tizimiga kiritish xususiyatlari shundan iboratki, ulardan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

  1. jismoniy tarbiyaning boshqa shakllaridan qat’i nazar, ish smenasining ixtiyoriy paytida;

  2. deyarli har qanday sanitariya-gigienik shart-sharoitlarda;

  3. mehnatni tashkil etish shart-sharoitlari va ishlab chiqarish texnologiyasi boʻyicha uskuna va qurilmalarni toʻxtatish imkoniyati boʻlmagan hollarda;

  4. alohida bitta xizmatchi qisqa muddatli dam olish zaruriyatini sezgan hollarda individual tarzda.

Jismoniy tarbiya daqiqalari va mikropauzalar mashqlarini tanlashda boshlangʻich gimnastika va jismoniy tarbiya pauzalarini tanlashda foydalanilgan uslubiy talablar inobatga olinadi.
Jismoniy tarbiya daqiqasi 1-2 daqiqa davom etadi va charchash alomatlari sezilayotgan mushak guruhlari dam olishi uchun maxsus tanlangan 2-3 ta mashqlardan tashkil topgan boʻladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarida kuchlanishni yoʻqotish uchun oʻz-oʻzini uqalash usullari orqali boʻshashtirish mashqlaridan foydalaniladi va bu charchagan mushaklarning ish qobiliyatini tezroq va toʻliqroq tiklash imkoniyatini beradi.
Umumiy charchashni pasaytirish uchun moʻljallangan jismoniy tarbiya daqiqalarida mashqlar charchashning xususiyatiga bogʻliq holda tanlanadi. Bunday hollarda mushaklarni zoʻriqtiruvchi va boʻshashtiruvchi mashqlar, dinamik va statik xususiyatli hamda boshqa mashqlar qoʻllanishi mumkin. Mashqlarni tanlashda jismoniy tarbiya daqiqasi maqsad va vazifalariga bogʻliq holda ma’lum sxemaga tayanish tavsiya etiladi. Birinchi mashq, odatda, kuraklarni toʻgʻrilash, elkalarni orqaga tortishdan iborat boʻladi. Biroq lokal (tor doirada) ta’sir etuvchi jismoniy tarbiya daqiqalarida tortilish mashqi boʻlmasligi ham mumkin boʻlib, mashgʻulot esa birdaniga charchagan organ ishtirok etadigan mashqdan boshlanishi ham mumkin. Keyingi mashqlar charchashni yoʻqotish uchun yoʻnaltirilgan boʻladi. Umumiy ta’sir kompleksida ikkinchi mashq – egilishlar, burilishlar, uchinchi mashq esa siltanish harakatlari boʻladi.
Bir xil kasb egalari boʻlgan odamlarning bir ish smenasida charchashi ularning turli organlarida vujudga keladi. Avval, masalan, qoʻl, yelka mushaklarida charchoq paydo boʻladi, oyoqlar qoʻrgʻoshindek qotib qoladi, koʻzlar charchaydi, bosh ogʻriy boshlaydi. Shuning uchun, odatda, turli mushak guruhlari lokal charchaganda va umumiy charchash turlicha namoyon boʻlganda, faol dam olish uchun foydalaniladigan jismoniy tarbiya daqiqalari majmualari seriyasi taklif etiladi. Bunday majmualar bir oydan kam boʻlmagan muhlatda bir marta oʻzgartirilishi mumkin.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin