Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə53/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
ilovepdf merged (2)

Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muhitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, sportchini tayyorlashni amaliy faoliyatidir.
Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi boʻlib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izlanishga asoslanadi.
Sport mashgʻulotlari - bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashgʻulotlari maxsus jarayonni oʻz ichiga olib, aniq tanlangan sport turi boʻyicha, sportchini yuqori koʻrsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.
-sport mashgʻulotlari pedagogik hodisa boʻlib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yoʻnaltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
Sport mashgʻulotlari atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qoʻllaniladi.
Sportchini tayyorlash - kengroq tushuncha boʻlib, u sportda yuksak koʻrsatkichlarga erishishga tayyor boʻlishi va uni amalga oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Mashq bilan chiniqqanlik- mashgʻulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
Tayyorgarlik darajasi atamasi tayyorgarlikning qaysi darajada ekanligini koʻrsatadi.
Sport mashgʻulotlari tizimi - bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslublari va sport koʻrsatkichini, shuningdek, mashgʻulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliyatini bir butunligidir.
Sport koʻrsatkichlari - bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini koʻrsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda, tayyorlash izimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport koʻrsatkichlari, sportchini iqtidorligini aniqlaydi.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin