Bugungi zamonaviy sportning juda koʻp mustaqil turlari paydo boʻldiki, ularning har qaysisi oʻzining musobaqa shakli, maxsus harakat tarkibi, bellashuv qoidalari va musobaqa faoliyatiga baho berish usuli bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi.
Matveyev L.P. (1977) sport turlarini harakat faoliyatiga qarab 5 guruhgaboʻlgan: Birinchi guruh- sportning bu turi jismoniy sifatlarni chegaragacha talab qiladigan sport turlari boʻlib, sportchini oʻz shaxsiy imkoniyatiga qarab muvaf- faqiyat qozonishi mumkin (boks, gimnastika, kurash, sport oʻyinlari, yengil atletika va boshqalar);
Ikkinchiguruh - yuruvchi texnik vositalarni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan sport turlari (motosikl, avtomobil, tayyora, yaxta va boshqalar); bunday turda sport natijasi oʻzi yuruvchi texnik vositalariga, ham ularni boshqarish qobiliyatiga bogʻliq boʻladi;
Uchunchi guruh- maxsus qurollar (miltiq, kamon va boshqalar) dan qat’iy cheklangan shart bilan nishonga tekkizuvchi sport turlari;
Toʻrtinchiguruh - model - konstruktorlik faoliyatini oʻzaro taqqoslash turlari (aviamodel, avtomodel va shu kabilardagi faoliyatlar);
Beshinchi guruh- sportning abstrakt - mantiqiy yoʻl bilan gʻalaba qozonish turi (shaxmat, damka);
Yozgi va qishki olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boshqahislatlarga koʻra guruhlargabirlashtiriladi. guruh - davriy xarakterdagi harakat faoliyati bilan bogʻliq sport turlari suzish, eshkak eshish, yengil atletika, velosport va boshqalar;
guruh - asosan harakatlarni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq sport turlari - sport va badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, batut, figurali uchish va boshqalar;