Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə64/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
ilovepdf merged (2)

Moddiy-texnikta’minoti

Baza qurilishi

Sport formasi bilan ta’minlash

Mashgʻulot uchun joy
tayyorlash

Anjom-uskunalarni takomillashtirish, trenajerlar
yaratish

Apparatlar bilan ta’minlash

Oʻquv yigʻinlari va musobaqalar oʻtadigan joylarda xoʻjalik ishlari

Sportchini tayyorlash tizimida moddiy-texnika ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni toʻldirish, mashgʻulot joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan toʻgʻri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash masalalari yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan, sport ashyo - anjomlari (ham standart, ham nostandart anjomlar, ham bolalar uchun moʻljallanganlari)ning sifati past, trenajyor uskunalari etishmaydi.


Sport formalari, anjomlari, uskunalari oʻzgarmoqda, sport natijalarining boʻlgʻusi qiyofasi ham oʻzgarmoqda.

      1. jadval




Tibbiy ta’minot

Jismoniy mashq yuklamasiga chidamlilik xolatini
operativ va chuqur nazorat qilish

Kasallikni oldini olish (profilaktik) tadbirlar

Davolash tadbirlari

Tiklanish

Hozirgi shifokorlar sportchining mashgʻulotga chidamlilik holati haqida faqat oʻz amaliy koʻrsatkichlari bilan chegaralanib sportchining umumiy mashgʻulotga qay darajada chidamli ekanligi haqida gapirmaydi.


Muntazam ravishda shifokor koʻrigidan oʻtib turish (bu vazifani davolash jismoniy tarbiya dispanserlari bajaradi), davolash pedagogik kuzatuvlar, oʻz
salomatligini oʻzi nazorat qilish va oliy darajadagi sportchilarni tayyorlash jarayonida qoʻllaniladigan boshqa majmuali nazorat shakllari (masalan bosqichma bosqich va joriy majmuali tekshiruvlar) eng muhim ahamiyatga egadir.
Bu ishlarinng hammasi har bir sportchi uchun berilgan yuklamaga qanchalik chiday olishini aniqlashda, yuklamalarni me’yorga solishda va ularning ogʻir engilligini, shuningdek, mashq qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda mashq jarayonini rejalashtirishda katta yordam koʻrsatadi.
Shifokorlar profilaktika ishlari bilan shugʻullanmaydilar, rejalashtirish sifatining pastligi uchun javob bermaydilar, ularning shaxsiy tayyorgarlik rejalari nomigagina tuzilgan oʻquv mashq yuklamalari ustidan nazorat qilish saviyasi past.
Sportchining salomatligi, funksional holati, uning psixologik jihatdan musobaqalarga shayligi va shu kabi boshqa jihatlari haqida amaliy ma’lumot yoʻq.
Tibbiy nazoratning vazifasi-sportchilarni har yili dispanser koʻrigidan oʻtkazish, funksional tayyorgarlik sinovlarni ishga solish, nazoratni musobaqaga tayyorgarlik oldidan oʻtkazib, keyin kamida 3-4 oyda bir martadan joriy kuzatuv oʻtkazilib turilishi joiz.
Sportchining ish qobiliyati samarali tiklash va oshirishga qaratilgan tadbirlar quyidagilardan iborat:

  1. organizmning qattiq charchashi va oʻta zoʻriqishini bartaraf qiluvchi maxsus gigienik tadbirlar (bu tadbirlar, kuch-quvvatni tiklovchi pedagogik vositalar deb ham yuritiladi).

  2. psixologik tadbirlar. Sportchi ruhiy holatini tartibga solishning psixo- profilaktik va psixo-terapevtik usullari autagen (mustaqil mashq, ruhiy holatni tartibga soluvchi (psixore-gulyatsiya) mashq, gipnoz bilan uxlab dam olish).

Sportchining izzat-nafsiga qattiq tegmaslik, uning ruhiyatini avaylash uchun qulay psixologik mikroiqlim yaratish, rahbarlar, murabbiylar, hodmlar sportchiga nisbatan xushmuomila boʻlishlari kerak. Bundan tashqari, ruhiy keskinlikni bartaraf qiluvchi usullar va mashgʻulotlardan, dam olishning turli xil koʻngilochar vositalaridan foydalanish lozim boʻladi.
v) har turli jismoniy omillardan va organizmni qayta tiklash apparatlaridan keng koʻlamda va kompleks usulda foydalanish.
g) tarkibida yuksak biologik qiymatga ega iste’mol preparatlari boʻlgan taomlardan, quvvat va salomatlikni tiklash uchun xizmat qiluvchi maxsus ozuqa omuxtasidan, shuningdek, inson organizmida modda almashinishi oraligʻida iste’mol qilinuvchi ozuqalar (qahrabo va limon kislotasi)dan, biokimyoviy jarayonga ta’sir etuvchi preparatlardan foydalanish.

      1. jadval





Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin