Mavzu: Infilatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari. Infilatsiyaga qarshi siyosat infilatsiya jarayonlari tahlili


inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog`liq holda qog`oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi



Yüklə 190,37 Kb.
səhifə3/3
tarix03.02.2023
ölçüsü190,37 Kb.
#122975
1   2   3
Infilatsiya

inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog`liq holda qog`oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yyerda qog`oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishi gap uning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o`zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pulmiqdori o`zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Manashu omillar yana bir-bor inflyatsiya – tovarlar narxining o`sishidir degan ta’rifning to`liq va yetarli emasligini ko`rsatadi. Qog`oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 
1) oltinganisbatan – bu oltinning qog`oz pullarda bozor narxining oshishida o`z ifodasini topadi; 
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o`z ifodasini topadi; 
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o`z ifodasini topadi. 
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o`tilgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin. 
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz. 
1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin.
Yüklə 190,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin