Mavzu: Intellektual mulk obyektlari va ularni himoyalash Reja: Intellektual mulk tushunchasi va mohiyati


ahamiyati uning ko‘p funksionalligi bilan belgilanadi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#130151
1   2   3
inovatsiyon iqtisodiyot Ibadullayeva M

ahamiyati uning ko‘p funksionalligi bilan belgilanadi.
Intellektual mulk:
1) qiymat yaratishning hal qiluvchi omillaridan biridir;
2) egalari va foydalanuvchilariga katta iqtisodiy foyda
keltiradi;
3) kompaniyaning uzoq muddatli raqobatbardosh
ustunliklarini shakllantiradi;
4) kompaniyaning kapitallashuvini oshiradi (hozirda
kompaniyalarning bozor qiymatining taxminan 80 foizini
nomoddiy aktivlar tashkil etadi
5) biznesni raqobatchilardan himoya qiladi;
6) litsenziyadan daromad olish imkoniyatini yaratadi;
7) ishlab chiqarish va sotish sohalarini boshqarishga imkon beradi;
8) standartlarni yaratishga hissa qo‘shadi.
Biroq ushbu funksiyalarning barchasi samarali himoyalangan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Intellektual
mulkka bo‘lgan biznesning qiziqishi birinchi navbatda yangi texnik yechimlarni monopoliyadan foydalanish yoki patentlar va litsenziyalarni sotishdan daromad olish imkoniyati bilan bog‘liq
Ammo oddiy tovarlardan farqli o‘laroq, intellektual faoliyat mahsulotlari agar ular davlat tomonidan maxsus huquqiy himoya bilan ta’minlanmasa, o‘z egalariga hech qanday kafolatlangan foyda keltira olmaydi. Intellektual mulkni himoya qilishning ishonchli mexanizmlaridan biri bu ulardan foydalanishdir.
Foydalanish jarayonida ular:
1) raqobatdosh ustunlikning saqlanishini ta’minlaydi;
2) investitsiya muhitini sezilarli darajada
yaxshilashga imkon beradi;
3) qaroqchilik va qalbaki mahsulotlarga qarshi kurashish
vositasidir;
4) tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faoliyatini
rag‘batlantiradi;
Intellektual mulk masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq
holda, sanoat mulki atamasi ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida ishlatiladi. Tarixiy jihatdan dunyoda intellektual mulk huquqlariga oid qonunchilik ikki yo‘nalishda rivojlandi:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin