Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish


Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni –



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#136300
1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish

Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni – Jamiyat ehtiyojlarining mikdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishini bildiradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishini
taqozo qiluvchi omillar:
Aholining tabiiy o‘sishi - buning natijasida ehtiyojlar mikdoran ortib boradi; ● Fan-texnika taraqqiyoti va reklama. Uning ta'sirida kishilarda yangi tovarlarga ehtiyoj paydo bo‘lib, u sifat jihatdan takomillashib boradi.
Ehtiyojlarning usib borishiga qarshi
ta'sir qiluvchi omillar:
- Ishlab chiqarishning rivojlanish holati. - Iqtisodiy faollikning siklik ro‘y berishi. - Jamiyatdagi mavjud hukmron munosabatlar. - Favqulodda holatlar (urushlar, iqtisodiy tizimlar almashishi). - Tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini va h.k.).
Extiyojlarga xos bulgan muhim xususiyat — turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishidir. Bu bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqarishini anglatadi. Masalan, kompyuterlarga paydo bo‘lgan ehtiyoj o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, xizmat kursatish, dastur tuzish kabilarga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning turlari va tarkibi, ularning qondirilish darajasi.
Ehtiyojlar bir qator mezonlar bo‘yicha turkumlanib tahlil qilinadi.
Qondirilish xarakteri va darajasiga ko‘ra:

Jamoa yoki guruhlar darajasida qondiriladigan ehtiyojlar.
Yakka yoki individual tarzda qondiriladigan ehtiyojlar
Umumjamiyat miqyosida qondiriladigan ehtiyojlar
Ehtiyojlarni qondirish vositalarining ashyoviy-buyum shakliga ko‘ra:
Moddiy ehtiyojlar — moddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, kishilarning ular bilan ta'minlanishi hayot kechirishining birlamchi shartidir. Bular hayotiy zarur vositalarni (oziq-ovqat, turar-joy) va zebu-ziynat buyumlari (mebel, avtomobil, muzlatgich, televizor, dala hovli)ni o‘z ichiga oladi

Ijtimoiy ma'naviy va madaniy - maishiy ehtiyojlar — asosan xizmatlar shaklida qondirilib, insonning ahloqli, ma'naviy, madaniy va jismoniy kamol topishiga xizmat qiladi. Mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham ijtimoiy ehtiyojning tarkibiy qismidir.

  • Ijtimoiy ma'naviy va madaniy - maishiy ehtiyojlar — asosan xizmatlar shaklida qondirilib, insonning ahloqli, ma'naviy, madaniy va jismoniy kamol topishiga xizmat qiladi. Mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham ijtimoiy ehtiyojning tarkibiy qismidir.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin