Mavzu; Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishning "o‘zbek" modeli



Yüklə 20,38 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü20,38 Kb.
#136975
ASADBEK


Mavzu; Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishning “o‘zbek” modeli.
REJA;
1.Iqtisodiyotda bozor munosabatini
2.Bozor munosabatini rivojlantorish
3.Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o`tkazishning ,,o`zbek modelini’’ afzallik taraflari

Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas , balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li; 4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam). Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularn ing hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qil ish


mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mam lakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu- him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki , totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakat larning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. islohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum ando zalari
ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy"" Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.' Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bo zor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara- jada pasayib ketganligidir. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodi yotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi , biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqaror-lashtirish chora- tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Andreev B.F. . Iqtisodiy nazariyaning tizimli kursi. - Sankt-Peterburg: Lenizdat, 1998 yil.


  2. Borisov E.F. Iqtisodiy nazariya: Proc. nafaqa. – M.: Yurayt, 2000 yil.



  3. “Iqtisodiyot”, Bulatov A.S. tahriri ostida, 1996 y.

Yüklə 20,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin