Mavzu: Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda biznes hujjatlarini yuritishning tutgan o'rni Raja



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə1/20
tarix22.05.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#127386
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilot


Mavzu: Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda biznes hujjatlarini yuritishning tutgan o'rni


Raja

  1. Bozor sharoitida ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha.

  2. Respublika Umumdavlat ish yuritish tizimi va uni boshqarishni takomillashtirishdagi o’rni.

  3. Hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi.

Tayanch iboralar: Ish yuritish hujjat, hujjatlashtirish, standart shakl, yagona qoida, mukammal tizim, muayyan axborot, asosiy unsur, Davlat tili, unifikatsiya, rekvizit, funksional vazifa.
1.Bozor sharoitida ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha
Ish yuritish - bu korxona va tashkilotlardagi yuz beradigan jarayonlarni tegishli hujjatlarda aks ettirib, ularni tartib bilan saqlab qo`yish jarayonlariga aytiladi.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil etadi. Har qanday korxona, tashkilot yoki firma bo’lishidan qat`iy nazar xo’jalik faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun har bir korxona o’zining hujjatlariga egadir.
Hujjatlar kishilik jamiyatini o’zliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar kechagina vujudga kelgan emas balki, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Bobilning meloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xamurappining adolatpesha qonunlar majmuyi va boshqa manbaalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog’lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. Albatta kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning almashina borishi kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashgan. Sharqda X-X1X-asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan.Yorliklar mazmunan har xil bo’lgan.Xabar tavsif farmoyish bildirish tasdiqlash kabilar misol bo’la oladi.
Ish yuritish fanining predmeti hujjatlar bilan ishlash va ularni to’g’ri rasmiylashtirishdir.
Hujjat - boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan faktlar, voqealar, hodisalar to’g’risidagi axborotni maxsus materialda turli usullar bilan mustahqamlash vositasi.
Hujjatlashtirish - funqtsional vazifasiga ko’ra, bir turli va o’zaro bog’lik hujjatlar to’plami.
Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikki omil bilan baxolanadi. Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish jarayonlarining salmog’i katta bo’lib, 30-60 foizga yetadi. Korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid jarayonlarning aksariyat hujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi, nazorat qilinadi, hisobga olinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga yetkaziladi.

Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin