Biznes hujjatlarini yuritish 1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilot
Xulosa
Hujjatlar kishilik jamiyatini o’zliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar kechagina vujudga kelgan emas balki, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar.
Ish yuritish faninint predmeti - hujjatlar bilan ishlash va ularni to’g’ri rasmiylashtirishdir.
Hujjat - boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan faktlar.
voqealar. hodisalar to’g’risidagi axborotni maxsus materialda turli usullar bilan mustahqamlash vositasi.
Hujjatlashtirish funqtsional vazifasiga ko’ra, bir turli va o’zaro bog’lik hujjatlar to’plami.
Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikki omil bilan baholanadi. Birinchidan boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish jarayonlarining salmog’i katta bo’lib, 30-60 foizga yetadi. Korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid jarayonlarning aksariyati hujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi. nazorat qilinadi, hisobga olinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga yetkaziladi.
Hujjatlarni unifikaiiyalash, ya’ni ularning shakllarini bir turga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha korxonalar uchun hujjatlarning majburiy standart shakllarini joriy etish bilan bu sohani to’laroq unifikaiiyalash mumkin.
Savollar Ish yuritish deganda nimani tushunasiz va uning asosini nima tashkil ztadi?
Hujjat nima va u qanday vazifani bajaradi?
"O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida"gi qonunda ish yuritish to’g’risida nima deyilgan?
Hujjatlarni unifikatsiya qilish deganda nimani tushunasiz?
Hujjatlarni bir turga keltirish tizimi qanday olib boriladi?
Hujjatlarni zaruriy qismlari deganda nimani tushunasiz?
2-mavzu. Biznes hujjatlarni tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablar.