3. Boshqarish faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarning asosiy turlari Ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi.
Hujjatshunoslikda ish yuritishdagi hujjatlar qo’yidagicha tasniflanadi:
1. Boshqaruv axborotining sifatiga ko’ra
• kirim; • chiqim.
2. Faoliyat turiga ko’ra
ma’muriy va umumiy savollar bo’yicha;
moliyaviy-hisob jarayonlari;
ta’minot va savdo bo’yicha;
personal xodimlar bo’yicha.
Mazmuniga ko’ra;
• sodda hujjatlar; • murakkab hujjatlar.
Yaratilish davriga ko’ra
ma’lumotsimon axborot hujjatlari; • xizmat yozishmalari.
Ichki hujjatlar.Ayni muassasaning o’zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir.
Tashqi hujjatlar. Muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir.