Mavzu: Iroda borasidagi nazariyalar Reja: Iroda borasidagi nazariyalar U. Djeymsning qarashlari (fikri)


iroda-bu insonning o‘z xulq-atvorini ongli boshqarish hamda kuch-g‘ayratlarini , qiyinchiliklarni engishga safarbar etish qobiliyati



Yüklə 32,26 Kb.
səhifə5/5
tarix26.11.2023
ölçüsü32,26 Kb.
#135028
1   2   3   4   5
Mavzu Iroda borasidagi nazariyalar Reja Iroda borasidagi nazar

iroda-bu insonning o‘z xulq-atvorini ongli boshqarish hamda kuch-g‘ayratlarini , qiyinchiliklarni engishga safarbar etish qobiliyati.
Demak, insonning o‘z faoliyatini nazorat qilish hamda ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltira olish qobiliyatiga iroda deyiladi.
U insonning biron-bir narsaga erishishi shaklida ham, shuningdek, insonning biror-bir narsadan voz kechishi shaklida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Iroda insonning bilish va his qilishdan amaliy faoliyatga o‘tishini ta’minlaydi. Iroda yordamida inson o‘z faoliyatini tashkillashtiradi va xulq-atvorini nazorat qiladi.
Psixik jarayonlar inson xatti-harakatlari va faoliyatini tartibga solib turadi. Faoliyatning eng yaxshi boshqaruvchisi va tartibga soluvchisi iroda hisoblanadi. Iroda psixik faoliyatda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan faollashtirish va tormozlash vazifalarini bajaradi:
Iroda insonning biror-bir maqsadga erishishida emas, balki, undan voz kechishida ham namoyon bo‘ladi. Insondagi bilish va hissiyot iroda vositasida amaliy faoliyatga aylanadi.
Iroda, ayniqsa, harbiy xizmatchilar faoliyatida katta ahamiyatga ega. Mustahkam iroda mehnat va jangovar faoliyatda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham komandirlar o‘z faoliyatlarida harbiy xizmatchilarda irodani tarbiyalashga katta e’tibor berishlari lozim.
Irodani toblash, hissiy-irodaviy barqarorlikni tarbiyalash, harbiy xizmatchilarni psixologik tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Shaxs faolligi har xil xatti-harakatlar shaklida amalga oshadi. U mazkur xatti-harakatlar bilan atrof borliqni o‘zgartiradi. Hatti-harakat va faoliyatlar ularda irodaning ishtirok etish darajasiga qarab ikki guruhga: ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linadi.
Ixtiyoriy – nishonga olish, qurolni tozalash va hokazo.
Ixtiyorsiz – qo‘qqisdan o‘q tovushi kelgan tomonga qarash.
Inson ixtiyorsiz harakatlarni oldindan anglanmagan hamda hech kim tomonidan (yoki o‘zi tomonidan) qo‘yilgan maqsadlarsiz amalga oshiradi. Bunda u qiyinchiliklarni his qilmaydi. Ular favqullodda sodir bo‘lib, aniq rejaga ega emas. Bu erda harakat sababi butunlay tashqi bo‘lib, harakatlar esa avtomatik ravishda yuz beradi. Ularda organizmdagi mo‘ljallash, himoyalash va boshqa reaksiyalar namoyon bo‘ladi.
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, muammolar echimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni engish harakatlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang-barang bo‘lgan harakatlar, xatti-harakatlar va sa’i-harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat qildirishga bo‘ysundiriladi. Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki etarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo‘zg‘alish ma’nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo‘lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma’lum ob’ektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir.
Boshqa kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi».

XULOSA:
Katta yoshdagi bog`cha bolalarida bog`chada o’tkaziladigan sistemali mashg`ulotlar davomida ayrim ta’lim ishlari, ya’ni o`qish jarayoni bilan bog`liq bo’lgan malakalar tarkib topadi. Bola rasm chizish mashg’ulotlarida qalamni to`g`ri ushlash malakasini orttiradi, sanoq va ona tili mashg`ulotlarida birdan o’ngacha sanash va boshqa malakalarga ega bo'la boradi. Ana shunday malakalarni tarkib toptirishda mashqning roli kattadir. T.V.Limiy mashg’ulotlarda tarbiyachi har bir harakatning qanday bajarilishini oldin o’zi ko’rsatishi va undan so’ng bolalardan talab qilishi kerak. Mashq qilish orqali bolalarda juda elementar hisoblash, yozish va o`qish malakalari hosil qilinadi.
Xulosa qiladigan bo`lsak, umuman, malaka va odatlarning inson hayotidagi roli bag`oyat katta. Buni biz maktabga bog’chadan va to`ppa-to’g’ri uydan kelgan bolalarning taraqqiyot darajalari o`rtasidagi farqdan yaqqol ko`rishimiz mumkin.

Foydalanilgan manbalar:


1.https://fayllar.org/umumiy-psixologiya-v3.html?page=19
2.https://hozir.org/1-mavzu-eksprimental.html?page=32
3.https://uz.wikipedia.org/wiki/Iroda
Yüklə 32,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin