16-amaliy mashg’ulot: Ish fartugini tikish va dars ishlanmasini tuzish
Ish fartugini tikish texnologiyasi
Maqsad: Ish fartugi xaqda ma’lumotlar berish.Ish fartugini turlari va ularni tikish texnologiyasi bilan tvanimshtirish.Ish fartugini tikish darsiga ishlanma yozishga o’rgatish
Ish fartugi va turlari haqidagi bilimlarga ega bo’ladi;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilishni o’rganadi;
Ish fartugini tikish texnologiyasini o’rganadi;
Mavzuga dars ishlanmasi yozish tartibini tushunadi va yozadi;
Natijalarni taqdimot qiladi, muhokama qiladi va baholanadi.
Metodik qo’llanmalar, slaydlar, ko’rgazmalar, applikatsiyadan namunalar, turli rangli qog’ozlar to’plami, chizg’ich, qaychi, qalam kerak.
Guruhlarda ishlash qoidasi Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam surashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Aniq tushunmog’imiz lozim:
Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz!
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz.