Diniy o’quv yurtlari. Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o’quv yurtlari O’zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, tеgishli lisеnziya olganidan kеyin faoliyat ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi.
Oliy va o’rta diniy o’quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolar O’zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o’rta ta'lim olganidan kеyin qabul qilinadi.
Diniy o’quv yurtlarida diniy fanlarni o’qitayotgan shaxslar diniy ta'lim olgan bo’lishlari va o’z faoliyatlarini tеgishli markaziy boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshirishlari lozim.
Xususiy tartibda diniy ta'lim berish man etiladi O‘zbekiston rahbariyati mustaqillikning birinchi kunlaridanoq dinning jamiyat hayotidagi muhim o‘rniga muvofiq, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlarni qayta tiklash asosida aniq va prinsipial chora-tadbirlar ko‘ra boshladi. Davlatning dinga yangicha munosabati “inson e’tiqodsiz yashay olmaydi” degan aniq ishonch asosida belgilandi. Bu tamoyil hozirgi kunga kelib “Alloh qalbimizda, yuragimizda” so‘zlarida ifodasini topmoqda.
O‘z navbatida, “dunyoviylik” tamoyilini to‘g‘ri anglash, jamiyat va din orasidagi munosabatlarda muvozanatni saqlash lozim bo‘ladi. Zero, dinning jamiyatda o‘ziga xos o‘rni mavjud. Bu haqda O‘zbekicton Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan aytilgan quyidagi so‘zlarni keltirish muhimdir: “Dunyoviy va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to‘g‘ri tushuntirishimiz lozim. Tarix va hayot tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topish oson bo‘lmaydi. SHu ma’noda, biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo ulug‘lab, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qat’iy ishonch bilan intilib yashagan taqdirdagina o‘z ezgu maqsadlarimizga eta olamiz”
Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p muhim masalalardan iborat. Endigi eng dolzarb vazifamiz - bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat.
Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. SHu sababdan mazkur fan bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish zaruriyati muhim masalaga aylandi.
Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga dinning kelib chiqishi, evolyusiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat.
Milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unlashishi, hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyati tushuntiriladi.
Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Bunga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.
Dinshunoslik fanini o‘qitish va o‘rganishning vazifasi quyidagilardan iborat:
- dinshunoslikni o‘qitish va o‘rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinadi;
- talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy his-tuyg‘ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Dinni qo‘pol ateistik ruhda) tanqid qilish yoxud diniy va’zxonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo‘yish qonunga zid ekanligi e’tiborga olinadi;
- dinshunoslikdan ma’ruza, amaliy seminar) mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat o‘quv qo‘llanmasi, risolalarda muayyan mavzuga oid keltirilgan g‘oya, fikr-mulohazalar bilan chegaralanmasdan, balki diniy matnlar, birlamchi manbalar, mazkur din muqaddas kitoblari asosida tahlil qilinmog‘i maqsadga muvofiqdir;
- talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o‘zlashtirishlariga erishish ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan ongli ravishda o‘z shaxsiy fikrlariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi;
“Dinshunoslik” fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan dunyoviylik va diniylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, jinoyat, fuqarolik, oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Din va qonun o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri anglash, respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda talabalarga “Dunyo dinlari tarixi” fanini o‘qitish muhim masalalardan biriga aylandi.