Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi.
- ushbu fan talabalar yoki boshqa shaxslar muayyan xatti-harakatlarining davlat qonunlariga, vijdon erkinligi tushunchasiga mos yoki mos emasliklarini aniqlash imkoniyatini shakllantirishi lozim;
- Mustaqil O‘zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligi talabalarga tushuntiriladi. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylishtirishga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini uqdirish kursning asosiy va muhim vazifalaridan biridir.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun. Ushbu qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi.
1990-yillarning boshlarida hukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarning suiste’mol qilinishi, masjid qurish kampaniyaga aylanib ketishi oqibatida ularning soni 89 tadan 5000 tagacha etdi. Ularning aksariyati hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8% diniy ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo‘lmagan holda faoliyat yurgizib, turli “peshvo”lar masjidlarni o‘z uyalariga aylantirishga harakat qildilar.
Ba’zi diniy tashkilotlarning rahbarlari xorijiy fuqarolar bo‘lib, aslida hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmay, moliyaviy yordam ko‘rsatish hisobiga respublikamiz hududidagi diniy tashkilotlarga rahbarlik qilib olib, missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadi turli yo‘llar va usullar bilan bilan o‘z saflarini mahalliy millat vakillari hisobiga kengaytirishdan iborat edi.
Davr talablari asosida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunni tubdan o‘zgartirish zarurati tug‘ildi va 1998 yil 1 mayda u yangi tahrirda qabul qilindi.