Avtoklav va noavtoklav g‘ovak betonlar tayyorlash uchun xomashyoning asosiy turlari bo'lib, sement, ohak, qum, suv va g‘ovak hosil qiluvchilar xizmat qiladi. Sementlar. G'ovak betonlar ishlab chiqarish uchun oddiy va pussolan portlandsementlar, shlak-portlandsement va nefelin sement ishlatiladi. Iqtisodiy tarafdan, aktoklav qotishda 400 markali sementni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Yuqori markali sement (600, 700) ishlatilganda uning solishtirma sarfmi kamaytirib, shunga muvofiq holda juda maydalangan qumtuproqli to'ldiruvchi miqdorini oshirish kerak. Gidratsiyada kalsiy oksidining mustaqil gidratini quyidagi tenglik bo'yicha ajratuvchi o'zida uchkalsiyli silikat C3S ning katta miqdorini saqlovchi alit sementini qo'llash juda samaralidir:
5-rasm
Tarkibida ikki kalsiyli silikat C2S miqdori ko'p bo'lgan belit sementini ishlatish ham mumkin. Sement 12—13 ga teng vodorod ko'rsatkichi pH ga ega bo'lishi kerak. 11 dan kichik pH li, ya’ni kam ishqorli sement bo'lsa, sementga ohak qo'shish kerak. Noavtoklav gaz-beton va ko'pik-beton tayyorlashda, sement markasi beton mustahkamligini aniqlashda katta ahamiyatga ega: uning markasi qanchalik yuqori bo'lsa, beton shunchalik chidamli bo'ladi. Avtoklav g'ovak betonlar ishlab chiqarishda sement markasi katta ahamiyatga ega emas: avtoklav qayta ishlash tufayli past markali sementlami qo'llab olingan g'ovak betonlar, yuqori markali sementlami qo'llab olingan betonlar bilan deyarli bir xil mustahkamlikka ega. Shuning uchun so'nggisini qo'llash iqtisodiy jihatdan samarali emas.
6-rasm
Ohak. Avtoklav g'ovak betonlar ishlab chiqarish uchun maydalangan so'ndirilmagan ohakni ishlatish ma’qulroqdir. Chunki bunday ohakni so'ndirishda ko'p miqdorda issiqlik ajralib chiqib, ushbu jarayonni tezlatishga yordam beradi, bu bilan g'ovak massani cho'kishdan saqlaydi va mahsulotlar mustahkamligini oshiradi. Gipsni mayda ohakning so'ndirish vaqtini boshqarish uchun qo'shiladi. Shlakli bog'lovchilar. Professor A.V. Voljenskiy izlanishlari shuni ko'rsatdiki, gaz-beton tayyoriashda shlakU bog'lovchi moddalami qo'llash iqtisodiy tomondan samaralidir. Turli metallurgiya va yoqilg'i shlaklari sementsiz yoki kam sementli bog'lovchilar olish uchun keng ishlatilishi mumkin.