Bunday mahsulotlarning asosiy o'ziga xos xususiyati — bu ulami avtoklavlarda issiqlik va namlik bilan qayta ishlashdir, bu esa quyidagilarga imkon beradi: 1) avtoklavlarda bog'lovchi moddalarning qotish jarayonini sezilarli darajada tezlatish natijasida, ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish; 2) sementni ohak bilan qisman almashtirish, hamda maydalangan kvarsli qum yoki boshqa qumtuproqli materiallarni qo‘- shish yo'li bilan sement sarfmi kamaytirish; 3) mahsulotlardagi darzlami qo'shim chalarni qo‘llash va cho'kish hollarini kamaytirish yo‘li bilan yo'qotish; 4) mahsulotlar sifatini oshirish. Hozirgi vaqtda avtoklav g'ovak betonlaming asosiy turlari — bu gaz-beton va gaz-silikat, g'ovak beton va g'ovak silikatdir. Kelgusida g'ovak beton mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, asosan, gaz-silikat va g'ovak-silikatli mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga amalga oshiriladi.
8-rasm
Bu tur g'ovak betonlar ishlab chiqarish texnologiyalarining ko'pgina o'xshash tomonlari bilan birga farqlari ham bor. Gaz-silikat va g'ovak-silikat olish texnologiyasi gaz-beton va g'ovak beton olish texnologiyasidan bir muncha murakkabroqdir. Gaz hosil qilish usuli bilan portlandsement va ohak qo'llab, avtoklav g'ovak betonlar, ya’ni gaz-beton va gaz-silikat tayyorlanadi. Gaz-magnezit va gaz-gips sanoat masshtabida ishlab chiqarilmaydi. Gaz-beton massasini olishning asosiy shartlari. Gaz-beton olishda g'ovak hosil qilish jarayonining mohiyati sement gidratatsiyasida sementli qorishmalardan ajralib chiquvchi kalsiy gidrooksidi bilan aluminning o'zaro ta'siridan tashkil topgan.
Avtoklav ko‘pik beton va ko‘pik silikat mahsulotlar ishlab chiqarish
Bu materiallar texnologiyalari bir-biri bilan o'xshahlikka ham, farqqa ham ega. Faqat portlandsement qo'llanadigan ko'pik-silikat texnologiyasi avtoklav ko'pik-beton texnologiyasidan birmuncha murakkabdir. Ammo portlandsementga ohak qo'shish, ko‘- pincha, sement sarfmi qisqartirish va muhit ishqorligini oshirish uchun qilinadi, avtoklav ko'pik-beton va ko'pik-silikat ishlab chiqarishning texnologik sxemalari bir xildir. Avtoklav ko'pik-beton va ko'pik-silikat mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyida keltirilgan. G‘ovak massani tayyorlash. G'ovak massa tarkibi tajriba yo'li bilan aniqlanadi. G'ovak hosil qiluvchi va suv miqdorlari orasidagi optimal munosabat turg'un g'ovak karraliligi 20 dan kam bo'lmagandagi munosabat hisoblanadi.