3. Hissiyotga emas aqlga tayanadigan shaxs tipi – dalillar, obyektiv me’zonlarga asoslanib qaror qabul qiladi, miyasini gangitish mushkul. Ular o`zlarini anchagina qattiqqo`l tutishadi(“klassik general”). Tartib va ta’omillarga qat’iy amal qiladi, boshqalarni ularning ishlariga qarab baho berishadi. O`zlari sezmasdn turib, xafa qilishlari mumkin. Haqiqatga erishish uchun bahslashadi, keskin nizo darajasigacha yetib borishlari mumkin.
His etuvchi shaxs tipi –his-tug’ulariga asoslanib qaror qabul qilishadi. Pand-nasihat(ko`ndirishlar)ga tez beriladilar. Boshqalaring hissiyotlarini hurmat qiladilar. O`zgalar tuyg`ularini oldindan ko`ra oladilar, bahslardan hazar qiladi. Boshqalar bilan keskin nizoga borganda nizoni yumshatishga urunishadi.
Mantiqiy(T) va his etuvchi(F) shaxs tiplariga mansub sotuvchi va xaridor xulq-atvori xarakteristikasi
SOTUVCHI
XARIDOR
SOTUVCHI
XARIDOR
Mantiq va dalillarni qo`llab yaxshi ishontiradi
Narx-sifat munosabatini tahlil etadi
Mijozga foydalilik tilida osongina gapiradi
O`zining va boshqalarning manfaatiga yo`nalgan
Ba’zan tovarni sotishdan ko`ra bahsda yutib chiqishni ko`proq xohlaydi
Sotuvchi harakatlarida kichikkina so`z va ishidagi nomuvofiqlikni sezadi
Mijoz xarid qilishdan voz kechsa ham qo`llab quvvatlaydi
Sotuvchi muomalasiga juda ta’sirchan
Mijoz tuyg’ularini tushunmaydi
Bahslashishi mumkin
Mijozga keragidan ortiqcha hamdardlik bildiradi
Sotuvchini xafa qilmaslik uchun xarid qilishi mumkin.
Manba: Rebrik S. Professional savdo treiningi. M.: Eksmo, 2002. 197 b.