MAVZU: Jadid tanqidchiligining yetakchi xususiyatlari. Teatr tanqidi. Yangi janrlar, taqriz, sharh.
REJA:
1. XIX asrning ikkinchi yarmida matbuotda paydo bo’la boshlagan adabiy-tanqidiy maqolalar .
2. XX asrning boshlaridagi milliy uyg’onish va jadidchilik harakati davridagi adabiy-tanqidiy qarashlar.
3. XX asrning boshlaridagi o’zbek adabiy tanqidchiligining tug’ilishi va shakllanishi.
4. 20-yillar adabiy tanqidining vujudga kelishidagi ilmiy izlanishlar: S.Ayniy, A.Sa’diy, Lutfulla Olimiy, Olim Sharafiddinov, Otajon Hoshim, A’zam Ayyub, Elbek kabi tanqidchi va adabiyotshunoslar faoliyati misolida.
5. 20-yillar adabiy tanqidchiligida madaniy merosga va adabiy ijodga bir tomonlama qarashlarning aks etishi (Sotti Husaiyn, Ziyo Said, Kashshof Trig’ulov, Yunus Latif, Jalil Boybulatov, Miyonbuzruk Solihov va boshqa adabiy tanqidchilar ijodi misolida).
6. Adabiy tanqidda ijtimoiy voqyelik, yangi inson, g’oyaviylik va badiiylik muammolarining talqini.
7. Xulosa.
Tayanch tushunchalar:
Adabiy tanqid. Talqin. Tanqidchi. Matbuot. Jadid adabiyoti. Adabiy jarayon. Madaniy meros. Adabiy muhit. Ijtimoiy voqelik. Badiiylik. Estetik tafakkur
Adabiyotlar:
1. I.A.Karimov. Adolatli jamiyat sari. -T.:O’zbekiston, 1998 yil.
2. Aristotel. Poetika (poeziya san’ati haqida).-T.,1980 yil.
3. I.Sulton. Asarlar. To’rt tomlik. Ikkinchi tom.-T.,1972 yil.
4. Sotti Husayn. Tanlangan asarlar. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974 yil.
5. Hamidulla Boltaboyev. Abdurauf Fitrat (Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari uchun qo’llanma). T., 1992 yil. Max. muharrir U.Normatov.
6. Adabiyot haqida ilmiy tekshirishlar, 1934.
7.«15 yil ichida o’zbek adabiyoti», 1939.
8. H.Yoqubov. «Tanqid va adabiyotshunoslikka bir nazar («Adabiyotimizning yarim asri» to’plami, 1967 y.).
9. B.Nazarov.»O’zbek adabiyot tanqidchiligi (g’oyaviylik, metod, qaxramon), «Fan»,1979 y.
10. O’zbekistonda adabiy tanqidchilikning rivojlanishiga doir ba’zi masalalar. Sh.Yu.J 1954 №3 105-106 b.
11. H.Yoqubov. Tanqid va adabiyotshunoslik tarixiga bir nazar (Adab. yarim asri,tuplam 1-kitob,T., 1967).
12. J.Ahmadjonov. Yigirmanchi yillar o’zbek adabiy tanqidchiliga doir. Kitobda: - Adabiyotshunoslik va tilshunoslik masalasi 3-kitob T.,1961.
13. Elbek. Bizda tanqidchilik («Ishtirokiyun». 1920 2 may).
14. Ne’mat Hakim. O’zbek adabiyotida tanqid va adabiy muhokamalar. Tanqid nima? Turkiston. 1924, 25 iyun.
15. Ab.Sa’diy. Amaliy hamda nazariy adabiyot darslari. O’rta maktablar uchun darslik. T.,1925.
16. Oltoy. Nafis adabiyotda sog’lom mafkura va sog’lom tanqid kerak («Qizil O’zbekiston». 1928. 10 avgust).
17. Fitrat. Adabiyot qoidalari. Sam.-Tashk. 1926.
19. Sotti Husayn. Tanlangan asarlar. T. 1974.
Ma’lumki, adabiy tanqid O’zbekistonda matbuot paydo bo’lishidan avval klassik adabiyotimizda o’ziga xos ko’rinishlarda she’riy formada, tazkiralarda «Majolisun-nafois» turidagi asarlarda mavjud edi. Klassik shakldagi adabiy tanqid ko’proq badiiy asarning shakliga e’tibor berdi va estetik tanqid doirasida bo’lib keldi. Hozir biz bilgan va tushungan ma’nodagi adabiy tanqidiy fazilatga molik dastlabki maqolalar O’zbekistonda birinchi o’zbek matbuoti - «Turkiston viloyatining gazetida XIX asrning 80-yillaridan e’tiboran paydo bo’la boshladi» (B.Nazarov). Dastlab ko’proq publisistik xarakterdagi bu ilk maqolalar orasida o’zbek shoirlari ijodi haqida fikr yuritilgan namunalar nihoyatda oz. Dastlabki maqolalar asosan rus adiblari va ularning asarlari haqidagi ma’lumotlardan iborat. Masalan, XIX asrning 80-yillarida «Turkiston viloyatining gazeti» da chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalarning aksariyati A.S.Pushkin, N.V.Gogol, I.L.Turgenev, L.Tolstoy, A.P.Chexov singari rus shoir va yozuvchilari haqida bo’ldi va o’zbek xalqi ularning ijodi bilan umumiy ravishda bo’lsada tanishtirilib katta ish qilindi.
Adabiy tanqidchilikda «proza» - «tasniflar» sifatida, prozaik - «musannif» sifatida ishlatiladi. Tarjimachilik bilan shug’ullanish muhim ekanligini ta’kidlanishi ham o’sha davr tanqidchiligining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Misol: 1902 yilda Toshkentda Gogol yubileyi o’tkazildi. Shu xususda «T.V.G» maqola (1902 yil 2 mart) bosib, Gogolning «Rusiya fuqarolarining zindagarchiligida har xil yaxshi va yomon voqyealarni ko’rib», «timsollarni ko’p ravshan qilib yozgan» ligi aytiladi. (Timsollar - obrazlar). O’tgan asr oxirlarida o’zbek tilidagi matbuotda o’zbek adabiyoti (xususan, she’riyati) va adabiy jarayon haqidagi dastlabki fikrlarga ham duch kelamiz. Bu eng avvalo Furqat nomi bilan bog’langan. 1881 yilda «Turkiston viloyati gazeti» ning 21 aprel sonida Furqat «Qo’qon adabiy muhiti» maqolasida undagi mushoiralar, qisqasi davr adabiy jarayonining ayrim belgilari haqida xabar berib o’tadi. Masalan, Furqat mazkur maqolasida Navoiy an’analarini davom ettirib, Marg’ilonlik shoir Xo’jajon qozi haqida qo’yidagicha yozadi: «... aruz haqida ko’p mohir kishi ekandur va turkiy g’azal mashqida tab’iy ko’p latif va ravon ermish. Amir Alisher Navoiyning bir g’azaliga qilg’on muhammasi nihoyatda mustahsan ko’rundi». Bu bilan Furqat matbuot sahifalarida faqat badiiy asarlarnigina emas, ularning mualliflari haqida ham fikr aytish mumkin va lozim ekanligini ko’rsatib bu masalaga yo’l ochdi.
Gazetaga nimaiki yozilsa, deydi Furqat rost va haqqoniy bo’lishi kerak. Furqat o’zbek adabiyotida hozir biz bilgan ma’noga yaqin turuvchi taqriz (resenziya) janrining asoschisi ekanligini ham e’tirof etish lozim. 1990 yil 11 sentyabrida rus shoirlaridan birining (muallifi ko’rsatilmagan) she’ri erkin tarjimada o’zbek tilida bosilib chiqadi. Furqat ana shu she’rni sharhini yozadi, ya’ni she’rning mundarijasini talqin qilib beradi. Adabiyotshunos A.Abdug’afurov o’zining «Furqatning nasriy merosi» nomli tadqiqotida shu she’rni ham, Furqatning mu’jazgina taqrizini ham to’liq keltiradi. A.Abdug’afurov Furqat sharhi haqida qo’yidagilarni yozadi: «... U odatdagi oddiy xabar yoki maqola emas - yozilish sababi va mohiyati e’tibori, kuzatgan maqsadiga ko’ra uni hozirgi gazeta taqrizlarining bizdagi ilk namunasi deyish mumkin». Xullas, I.Mo’minov, G’.Karimov, A.Abdig’afurov, B.Nazarovlar Furqat o’zbek adabiy - tanqidiy fikri taraqqiyotida muhim rol o’ynashini qayd etadilar. Zavqiy, Hamza, Anbar Otin, Nozima, Mirmuhsin, Behbudiy, A.Fitrat kabi ijodkorlar XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida ilg’or o’zbek tanqidiy - estetik tafakkuri rivojiga katta hissa qo’shdilar. Ma’lumki, O’rta Osiyoda, jumlandan, XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda mahalliy matbuotning paydo bo’lishi bilan, bu matbuotda adabiy asarlar haqida ba’zi maqolalarning bosilishi natijasida tanqid publisistika bilan bog’landi. Publisistik ruhda yozilgan, adabiyot va san’at masalalariga bag’ishlangan maqolalar, ayniqsa, 1914-17 yillarda avvalgiga nisbatan ko’proq paydo bo’ldi. Ammo ular birinchidan, o’z oldilariga asosan ma’rifiy vazifalarni qo’ydilar (Masalan, adabiyotning nima ekanligini tushuntirish kabi) yoki o’zbek adabiyotida ilk marotaba paydo bo’lgan dramatik asar «Padarkush» (Behbudiy asari) ning turli shaharlarda sahnaga qo’yilishi haqidagi oddiy axborotdan iboratdir. Masalan, 1) Turkistonda birinchi milliy teatr, «Oyina». 1914. №15;
2) Toshkentda milliy teatr, «Oyina» 1914. № 22;
3) Buxoroda milliy teatr, «Oy» 1914. № 29;
4) Cho’lpon Adabiyot nadur? Sadoyi Turkiston 1914. № 15;
5) Cho’lpon Muxtaram yozuvchilarimizga, Sadoyi Turkiston 1915 y. 6 fevral;
6) Ahadullo Xayrullo o’g’li. Tanqid. Sadoyi Turkiston 1914 y. 19 noyabr va 3 dekabr.
Ular tom ma’nodagi adabiy tanqidiy maqolalar deb atalishi mumkin emas, chunki ularda adabiy asarlar tahlil etilmaydi, adabiy tarixiy jarayonga aloqador biror muhim masala o’rtaga qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |