Mavzu: Jahon bozori va uning shakllari rejalar: kirish i-bob. Jaxon bozori va uning rivojlanishi. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
Mavzu: Jahon bozori va uning shakllari
REJALAR:
KIRISH
I-BOB. Jaxon bozori va uning rivojlanishi.Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.
1.1. Jaxon bozorining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.
1.2 Jahon bozorining tarkibi va o’zgarish tendensiyalari
II-BOB. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi.
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « O’zbek modeli»: mohiyati va bosqichlari
2.2. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari
Kirish.
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’ llarining aniq va to’ g ri ko’ rsatib berilganligi bosh maqsad yo’ lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’ lishiga imkon yaratdi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’ zining ma no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o’ z ta sirini ko’ rsatmoqda. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’ plab omillar ta sirida xalqaro valuta-kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’ zining o’ ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo’ jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog liq jahon tajribasini o’ rganish O’ zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining diqqat-e tiborida bo’ ldi. Dastlab O’zbekiston Respublikasida milliy pul birligi «so’ m»ni muomalaga kiritish va hozirgi davrga kelib, respublikada valuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog liq bir talay ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valuta birjasi shakllandi va u valutalar oldi-sotdisi bilan bog liq operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a zo bo lib kirishi jahonning valuta, kredit, qimmatli qog ozlar hamda oltin bozorlarida qabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari» kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o’ rganiladi. Qo’llanmada globallashuv sharoitida valuta va valuta munosabatlari, valuta tizimi hamda uning rivojlanish qonuniyatlari, valuta kursi, valuta bozori, valuta operatsiyalari va valuta risklari hamda ularni boshqarish, xalqaro hisob-kitob shakllari, to’ lov va hisobkitob balanslari hamda xalqaro kredit munosabatlari kabi masalalar o’ z ifodasini topgan. Ushbu o’quv qo’llanma kasb-hunar ta limining «Bank ishi» mutaxassisligi bo’ yicha ta lim olayotgan o’ quvchilarga mo’ ljallangan.O’quv qo’ llanmadan, shuningdek, bank xodimlari, tadbirkorlar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |