maqsadi va bosqichlari Tahlillar korsatishicha, XII quyidagi obyektiv omillar va sabablarga asoslanadi:
- xojalik hayoti baynalmilallashuvining osib borishi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyotining oziga xosligi;
- milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining ortishi;
- integratsiyalashayotgan mamlakatlarda daromadlarning ortishi;
- yangi savdo oqimlarining paydo bolishi;
- ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining pasayishi tufayli iqtisodiy farovonlikning o sishi;
- integratsion birlashmaga a zo mamlakatlaming uchinchi mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy pozitsiyasining mustahkamlanishi;
- mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integratsion birlashmaga azo mamlakatlaming uchinchi mamlakatlarga nisbatan siyosiy poziyatsiyasining mustahkamlanishi.
Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari.Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
- integratsiyalashayotgan mamlakatlarning iqtisodiy tarqqiyot darajasi va bozor munosabatlari rivojlvnish darajasining yaqinligi. Aksariyat hollarda mamlakatlararo integratsiya sanoat jihatdan taraqqiy etgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar ortasida rivojlanadi;
- integratsiyalashayotgan mamlakatlarning geografik yaqinligi, aksariyat hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalaming mavjudligi. Dunyodagi integratsion birlashmalaming aksariyati geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, chegaradosh, transport aloqalariga ega bolgan, kopincha bir tilda sozlashadigan qoshni mamlakatlardan boshlangan;
- integratsiyalashayotgan mamlakatlar oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolaming umumiyligi. Iqtisodiy integratsiya mamlakatlar oldida turgan aniq muammolar toplamini hal qilishga mqaratiladi;
- ustunlikni namoyish qilish samarasi. Integratsion birlashmalami tuzgan mamlakatlarda, odatda ijobiy iqtisodiy o'zgarishlar (iqtisodiy osish suratlarining tezlashuvi, inflatsiyaning pasayishi, ish bilan bandlikning osishi va boshqalar) sodir boladi va ushbu holat o zgarishlami kuzatib borayotgan boshqa mamlakatlarga muayyan ruhiy tasir korsatadi; - «domino samarasi».
Mintaqa mamlakatlarining kopchiligi integratsion birlashmaga a zo bolgan holda birlashma doirasidan chetda qolgan mamlakatlar ayrim iqtisodiy muammolarga duch kelishadi. Bu muammolar mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining uzviyligi bilan bog'liq. Bu kopincha, integratsiya doirasidan tashqarida qolishdan qorqib, iqtisodiy birlashmaga kirmasdan chetda qolgan mamlakatlar bilan savdoni qisqartirishga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida shakllanayotgan va rivojlanayotgan integratsion birlashmalar o z oldiga quyidagi vazifalami qoyadilar:
1. Keng kolamli iqtisodiyot afzalliklaridan foydalanish. Keng kolamli iqtisodiyot nazariyasi asosida bozorlar hajmini kengaytirish. transaksion xarajatlarni kamaytirish va boshqa qator afzalliklardan foydalanish. Bu, oz navbatida, katta hajmdagi bozorlarga kata ishtivoq bilan kirib keladigan togridan togri xorijiy investitsiyalami jalb qilishga bevosita imkon beradi.
2.Qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Aksariyat integratsion birlashmalaming maqsadi ularda ishtirok etuvchi mamlakatlaming siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir-birini tushunishi, hamkorligini mustahkamlashdir.
3.Savdo siyosatidagi vazifalami hal qilish. Mintaqaviy integratsiya, kopincha, GATT/JST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlaming muzokarasi nuqtayi nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan bildiriladigan bayonot jiddiy masala hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi.
4.Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga komaklashish. oz milliy iqtisodiyotini integratsiya jarayonlariga qoshar ekanlar, rivojlanganroq davlatlar ham osha mamlakatlardagi to'laqonli va kata hajmli bozorlami yaratish hamda ulardagi bozor islohotlarining rivojlanishidan manfaatdor boladi. Yelning u yoki bu shakliga qo'shila turib, koplab G'arbiy Yevropa mamlakatlari mazkur maqsadlami kozlagan edi.
5.Milliy sanoatning yosh sohalarini qollab-quwatlash. Integratsion birlashmalar uchinchi mamlakatlarga nisbatan kamsituvchi chora-tadbirlarni qo'llamagan hollarda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni faoliyati uchun kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan qollab-quwatlovchi usul sifatida qaraladi. Tarixan integratsion jarayonlar oz rivojlanish bosqichlariga ega. Ulaming har biri uning rivojlanishining malum darajaga yetganligini ifoda etadi. Integratsion guruhlar tipologiyasining asoslari ishtirokchi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada ozaroyaqinlashishi hamda bir-biriga iqtisodiy jihatdan qanchalik chuqur kirib borishini baholashda namoyon boladi (16.2.1-jadval).