Mavzu Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va
16.2.1-jadval
Iqtisodiy integratsiyaga kirishayotgan mamlakatlar quyidagi afzalliklarga ega bo'ladi:
- milliy bozorlarning birlashishi mamlakatlar ichki bozori hajmining kengayishiga olib keladi, bu esa, oz navbatida, umumiy yalpi ichki mahsulot hajmining osishini ragbatlantiradi;
- aholi xarid qobiliyatining osishi jon boshiga togri keluvchi ortacha daromadlaming ortishi va tovarlar narxining pasayishigaolib keladi;
- ishlab chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligi ortadi;
- ishlab chiqarish ixtisoslashuv darajasining chuqurlashuvi natijasida yuzaga keladigan «miqyos samarasi»ning ortishi;
- azo mamlakatlaming raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishning nisbatan samarali tarkibini shakllantirish;
- bozorlami birlashtirish, ishlab chiqarish omillarining erkin harakatini ta minlash, mehnat unumdorligi va daromadlarni oshirish hisobiga investitsiya jozibadorligini oshirish;
- iqtisodiy osish suratlarini tezlashtirish.
Ushbu omillaming barchasi ozaro bir-biriga bogliq bolib, integratsiya mamlakatlar ortasidagi xalqaro mehnat taqsimoti asosida barqaror iqtisodiy aloqalaming rivojlanishi va qayta ishlab chiqarishning milliy xojalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.
Jaxon xojaligida iqtisodiy integratsiya - milliy bozorlar va mamlakatlar milliy xojaliklari ortasidagi uzviy bogliqlik, xamjixat rivojalanishini ta'minlash, turli mamlakatlar doirasida resurslarning erkin xarakat qilishi, yagona umumiy bozor tashkil qilish maqsadlarida birlashuvidir. (Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu turli mamlakatlarning chukur, barqaror ozaro aloqalarinining rivojlanishi va milliy xojaliklar ortasidagi mexnat taqsimoti asosida ular xojalik aloqalarining birlashib borishi jarayonidir.)
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari kuyidagilar bolib xisoblanadi:
Erkin savdo zonalari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bolib, uning doirasida katnashuvchi mamlakatlar ortasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Bu zonani tashkil etgan davlatlar ortasidagi savdo-sotik erkin boladi, boj puli bekor qilinadi, eksport uchun kvota (me'yor) urnatilmaydi. Bunga misol yevropa erkin savdo birlashmasi (uyushmasi) va MDX mamlakatlari ortasidagi ozaro bitim misol bula oladi.
Boj ittifoki. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo zonalarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashki savdo ta'riflari urnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashki savdo siyosati yuritishni takozo qiladi. (yevropa ittifoki boj idtifokiga misoldir).
Tolov ittifoki. Bu milliy valyutalarning ozaro erkin almashinuvi va xisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta'minlaydi. yevropa xamjamiyati, Janubiy-sharkiy Osiyo va MDX mamlakatlari uchun tolov ittifoki pirovard maqsaddir.
Umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning murakkab shakli bolib, uning katnashchilariga erkin ozaro savdo va yagona tashki savdo ta'rifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati xamda ozaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta'minlanadi. Masalan: Umumiy bozor yoki yevropa iqtisodiy ittifoki. Uning doirasida barcha boj tolovlari import kvotalari (me'yorlar) bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablaglari va ishchi kuchining chegaradan erkin utishi ta'minlanadi, xamda umumiy muammolarni xal etishda yagona siyosat utkaziladi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoki. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli xisoblanadi.
Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chikilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat utkazish bilan birga uygunlashadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining obektiv xususiyatdagi bir kator omillar takozo qiladi:
Xojalik aloqalarining baynalminallashuvi;
Xalqaro iqtisodiy integratsiya. unda ishtirok etuvchi xar bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti ochun kulay sharoit xozirlaydi. Xozirda jaxon xojaligiga globalizatsiya, ya'ni globallashuv xam xos.
Globalizatsiya bu iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, xar bir mamlakat milliy xojaligining jaxon iqtisodiyotidagi ozgarishlar ta'siriga berilishidir.
Globalizatsiya integratsiya jarayonida ozaro birlashmagan mamlakatlarda xam yuz beradi. Buning natijasida ish kuchi, kapital, investitsiya, yangi texnologiya va nixoyat yangicha iqtisodiy goyalarning dunyo boyicha tezda tarkalishi, iqtisodiyot rivojlanib, farovonlikning oshishi, yer yuzida kambagallar sonining qisqarishi yuz beradi.
Globalizatsiya investitsiyalarni eng yuqori samara beradigan mamlakatlarga okib borishiga olib keladi. Natijada dunyodagi iqtisodiy usish tezlashadi, glbalizatsiya jaxon iqtisodiyoti uchun katta naf keltiradi (lekin kator muammolarni xam keltirib chiqaradi).