Mavzu: Jamiyat rivojlanishining demografik modeli. Maltus va Fyurxst-Perl modellari. Reja:
Amerikalik tadqiqotchi D.T. Forresterning iqtisodiy taraqqiyot modeli.
Misarovich-Pestel’ning «Hayotini saqlab qolish strategiyasi» loyihasi.
Tayanch so’z va iboralar: Mir-2,Mir-3,Dunyo dinamikasi. 1. Amerikalik tadqiqotchi D.T. Forresterning iqtisodiy taraqqiyot modeli. Hozirgi paytda «Inson va uning yashash muhiti» muammosi butun dunyoda keng muhokama etilmoqda. Uning asosiy aspektlari aholi sonining usish, tabiiy resurslarining ayovsiz ishlatilishi, inson faoliyatining atrof-muhitiga salbiy tayanch siri kabilar hisoblanadi.
Ilmiy-texnikaning inqilobi sharoitlarida insonning atrof-muhitga salbiy ta’siri tabiiy jarayon darajasiga yetdi. Bu salbiy oqibatlar avfini keltirib chiqaradi. Ijtimoiy iqtisodiyot munosabat, qullash shu qadar murakkabki, uni uz-uzicha kerak yunalishga tushirib yuborishga umid boglash mumkin emas. Insoniyat rivojlanishining barcha faktorlarini va uni ongli tashkil etish yo’llarini urganish masalasi dolzarb bulib qoldi.
Forrester va Midauz global taraqqiyot modeli ekologik jarayonlarning global tavsifini shakllantirishga birinchi bulib 1971 yilda Amerikalik tadqiqotchi D.T. Forrester urinib ko’rdi. U uzining «Dunyo dinamikasi» kitobida iqtisodiy taraqqiyot modelini taklif etdi. Ushbu model faqat ikkita parametrga ega edi. Bu parametrlari axoli soni hamda muhitning ifloslanishi. Model bu ikki parametrning uzaro bogliqligini darajasini va iqtisodiy rivojlanish tempini baholashga imkon beradi. Forrestor ta’kidlaganidek uning kitobida sof metodik masala qaralgan bulib, bu model uquv harakteriga ega. Shunga qaramasdan Ushbu model birinchi marta ishlab chiqarish ijtimoiy va ekalogik jarayonlarni birlashtirish imkoniyatini namoyish etdi. «Dunyo dinamikasi» kitobidan bir yil keyin D.Midouz rahbarligidagi olimlar guruhi tomonidan «Usish chegaralari» nomli kitobi nashr etildi. Forrestorning kitobini faqat tor doiradagi mutaxassizlar payqagan bulsa, Medouzning ishlarini dunyoning turli tillarida katta suratlarda Chop etildi. Medouzning «Mir-3» deb nomlangan modeli nochiziqli differentsial tenglamalar sistemasidan iborat bulib axoli soni, ularning qishloq xujaligi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar, muxitning ifloslanishi kabi parametrlarni uzaro bog’laydi. Mualliflar o’z oldilariga oldindan Aniq bashorat qilish masalasini maqsad qilib quydi. Ularning ishi dunyo adabiyotida keng muhokama etildi. Dunyoda ikki turli alternativ variant taklif etildi, tanqidiy munosabatlar ham bildirildi.
«Mir-2» va «Mir-3» matematik modellaridagi muhim kamchilik shundaki, ularda rivojlanish jarayonida insonlarning ongli ta’siri hisobga olinmagan.