Mavzu: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishning fiziologik xarakteristkasi



Yüklə 58 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü58 Kb.
#137973
  1   2   3
Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishning fiziologik xarakteristkasi


Mavzu: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishning fiziologik xarakteristkasi

Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanish organizm ish qobilyatida, undagi moddalar va energiya almashinuvida, hamda yurak-qon tomirlar tizimi, nafas olish a'zolari, ovqat hazm qilish a'zolari, asab va muskullar tizimi faoliyatida bir qator o’ziga xos o’zgarishlar keltirib chiqaradi.


Bu o’zgarishlar mashq kilish jarayonida bir xil bo’lmasdan o’z xususiyatlari bilan turli davrlarga bo’linadi va quyida ta'riflanadigan ushbu davrlar fiziologik nuqtai nazardan bir-biridan farq qiladi. Ular sport oldi reaksiyasi, razminka, mashq qilishning boshlang’ich qismida ish qobilyatining qisqa muddatli kuchayishi, (ishga kirishish), turg’un holat, charchash va qayta tiklanish davrlariga bo’linadi.
Start oldi reaksiyasi. Mashq qilish yoki musobaqalardan oldin sportchi organizimida kuzatiladigan me'yoriy fiziologik jarayonlarning o’zgarishi start oldi reaksiyasi deyiladi. U bevosita jismoniy harakatdan oldin yoki bajariladigan jismoniy faoliyatdan ancha ilgari ham yuz berishi mumkin.
Start oldi rekatsiyasi davrida kuzatiladigan fiziologik o’zgarishlar turli-tuman bo’lib ular nerv markazlarining qo’zg’alishi kuchida, moddalar va energiya almashinuvining tezligida, yurak urish chastotasida, gazlar almashinuvida va boshqa holatlarda namoyon bo’ladi. Musobaqa boshlanmasdan oldin kuzatiladigan start oldi reaksiyasida yurak urishi minutiga 100-130 ga chiqishi, kislorod o’zlashtirilishi tinch turgan vaqtga nisbatan 2-3 marta ko’payishi, qon bosimi bir muncha ko’tarilishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning xususiyatlari har kimda har xil bo’lib ko’pincha musobaqa ma'suliyatiga, sportchining tayyorgarligiga va boshqa omillarga bog’liq.
Musobaqaning ma'suliyati qanchalik yuqori bo’lsa start oldi reaksiyasi ham shunchalik kuchli bo’ladi. Start oldi reaksiyasining yuzaga kelish mexanizimi shartli reflekslar bilan tushutiriladi. Stadion yoki musobaqa o’tkaziladigan joylarning ko’rinishi, tomoshabinlarning, sport inventarlarning mavjudligi shartli refleks asosida yurak urish, nafas olish chastotalarini tezlashtiradi.
Bu holatning muhim amaliy ahamiyati ham bor, ya'ni start oldi reaksiyasi tufayli sportchi organizm bo’lajak ishga o’zini tegishli holda tayyorlaydi.
Start oldi reaksiyalari uch xil ko’rinishda bo’ladi, ya'ni jangovor tayyorgarlik holati, start oldi sarosimasi va start oldi loqaydligi.
Jangovor tayyorgarlik holati eng qulay, maqsadga muvofiq ijobiy start oldi reaksiyasi bo’lib hisoblanadi. Bunday holatda markaziy nerv tizimida o’rtacha kuchdagi qo’zg’alish yuzaga keladi. Natijada harakat va vegetativ (ichki) a'zolarda bo’lajak ishni amalga oshirish uchun muhim bo’lgan maqsadga muvofiq fiziologik siljishlar yuzaga keladi. Sportchi bu holatda o’z kuchi va imkoniyatlarini to’liq safarbar qiladi, shu bois ko’pincha g’alabaga erishadi. Nafas olish, yurak urish tezligi o’rtacha bo’ladi, sportchi vahimaga tushmaydi va bir vaqtning o’zida bo’ladigan ishga befarq ham bo’lmaydi. Jangovor tayyorgarlik holati ko’pincha doimiy ravishda oqilona mashq qilib yuradigan sportchilarda kuzatiladi. Doimiy mashq qilmaydigan hamda jarayonida vaqt, kuchdan oqilona foydalana olmaydiganlarda jangovor tayyorgarlik holati kam kuzatiladi va juda yuzaki bo’ladi.
Start oldi sarosimasi ko’pincha markaziy nerv tizimining kuchli qo’zg’alishi tufayli sodir bo’lib, bu payti barcha fiziologik ko’rsatgichlar maksimal darajaga chiqib ketadi, sportchi hali ish boshlanmasi ko’p kuchni behudaga yo’qotadi. Yurak urishi, nafas olish ancha tez bo’ladi, arterial qon bosimi ko’tarilib ketadi. Asosiy harakatlarni amalga oshirishda sportchi taktik xatolarga yo’l qo’yishi mumkin, chunki sarosima natijasida harakatlar koordinatsiyasining buzilishi yuz beradi. Start oldi sarosimasi doimiy suratda mashq qilib yurmagan, o’ziga ishonmaydigan, nerv tizimi qo’zg’aluvchan xususiyatli sportchilarda ko’proq uchrab turadi.
Start oldi loqaydligi markaziy nerv tizimida tormozlanish jarayonining qo’zg’alishidan kuchliligi bilan xarakterlanadi. Bunday sport chida kayfiyat yomonlashib musobaqada qatnashish ishtiyoqi yo’qoladi, unga qiziqish so’nadi. Start oldi loqaydligi musobaqa boshlanish vaqtning cho’zib yuborilishi, kuchli raqibga duch kelish, musbaqadan qurqish, doimiy mashq qilib yurmaslik kabi holatlar natijasida hosil bo’lishi mumkin. Bunday loqaydlik ko’pincha bellashuvlvrda muvaffaqiyatsizliklarga olib keladi.
Start oldi reaksiyalarini ko’ngildagilek boshqarib borish mumkin, buning uchun esa doimiy mashq qilish, ovaqtlanish va dam olish tartiblarini maqsadga muvofiq tashkil qilish muhim. Musobaqa oldidan kun tartibini (mashq qilish, dam olish soatlarini to’g’ri, oqilona tanlay bilish) maqsadga muvofiq tashkil qilish start oldi reaksiyalarini to’g’ri boshqarib borishda muhim.

Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin