Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish. Reja: I. Kirish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə4/9
tarix19.05.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#116005
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish

Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va hokazo.
Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib, shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo’ladi.
Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi.
Mashg’ulotlarning darsdan tashqari shakllari.
Maktabdagi darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat bo’yicha o’tkaziladigan ommaviy tadbirlardir. Darsdan tashqari ishning vazifalari qo’yidagilardan iborat.
Maktab oldida turgan o’quv tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga organizmni chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishga yordam berish.
O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirish. Maktab o’quvchilarida tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish.
O’quvchilarning yaxshi dam olishlarini tashkil etish. O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish.
Darsdan tashqari vaqtda gimnastika, yengil atletika, chang’ida yurish va turizm mashg’ulotlari shaklida seksiyalar, guruhlar jamoalarda o’tkaziladi.
Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiyaga oid o’quv dasturlari materiali hisoblanadi. Bu material o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan dalada bajarish, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi.
O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish kerak.
Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10 sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi. Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga rahbarlik esa boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan biri zimmasiga yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi. Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida qatnashishlarini uyushtiradilar.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin