Jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshga mosligi tamoyili.
Umumiy didaktik tamoyillar Umumiy didaktik tamoyillar – jismoniy tarbiya jarayonining umumiy metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir.
Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta’sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish metodikasi bu ta’sirlar qonuniyatlariga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma’lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasida amal qilinadigan “jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi”, “Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning sog’latashtirishga yo’naltirilganligi”, “shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilganligi» dek nazariy (ayrim adabiyotlarda “umumiy tamoyillar” yoki “nazariy tamoyillar” deb ataladigan) tamoyillardan tashqari jismoniy madaniyat ta’limi jarayonida foydalaniladigan uslubiy tamoyillar ham mavjud bo’lib ularga oid bilimlar kasbiy nazariy tayyorgarlikning asoslarini tashkil qiladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonidagi qayd qilingan tamoyillar inson tarbiyasining o’ziga xos xususiyligi orqali jarayonga alohida mazmun va talablar qo’yadi.
Ular inson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik qonuniyatlari bilan bog’liq va jismoniy madaniyat ta’limi jarayonida kutilgan natijalarga “Onglilik va faollilik (aktivlik)”, “Ko’rgazmalilik”, “Munatazamlilik”, “Kuchiga yarashalik va individu allashtirish”, “Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish”dek uslubiy printsiplar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina erishilishini amalda isbotlab qo’ydi.