1.3 Yangi va eng yangi davrlarda chet el mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi
XVI-XIX asrlarda hukm surgan feodal tuzumi emirilib, kapitalizm davri
boshlangan. Bu davrda tabiatshunoslikka doir juda ko’p ilmiy kashfiyotlar
qilingan. Moddiy dunyoning barqarorligi va g’ayritabiiy kuchlarning yo’qligi
haqidagi fikrlarga olib kelgan. Jamiyat uchun tadbirkor, uddaburon, sog’lom
ishchilar zarur bo’lgan. Odamning aqli, irodasi va jismoniy fazilatlarining
namoyon bo’lishida ta’lim-tarbiya muhim o’rin egalashi yaqqol ko’ringan.
Insonning pedagogikaga bo’lgan qiziqishi ortishiga va jismoniy tarbi yaning
nazariy asoslari amalda bajarilishiga sabab bo’lgan.
Jon Lokk (Angliya), Jan- Jak Russo (Fransiya), Iogann Pestalotssining
(Shveysariya) pedagogik qarashlari, XVIII asrning oxiridagi nemis
filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va
amaliyotning taraqqiy qilishiga katta ta’sir etgan.
Jon Lokk (1632-1704) ingliz faylasufi, pedagog olimi bo’lgan. Lokk
o’zining pedagogikaga doir qarashlarini “Tarbiya to’g’risidagi fikrlar” (1693)
nomli kitobida bayon qilgan. Jon Lokk o’z falsafiy va pedagogik ta’limotida
ingliz zodagonlarining manfaatini ifoda etga n. Jon Lokkning fikricha,
tarbiyaning vasifasi – oddiy kishilsr emas, balki o’z ishlarini ma’noli va
ehtiyotkorlik bilan olib bora oladigan jentlmen tarbiyalashdan iborat.
Jentlmen jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya olishi lozim, lekin u bunday
tarbiyani uyda olishi kerak, chunki maktab, Lokkning fikricha, har xil
toifaning yomon tarbiya ko’rgan illatli farzandlaridan iborat aralash turkumi
to’plangan muassasadir. Chinakam jentlmen uyda tarbiyalanadi, chunki
uydagi tarbiyaning kamchiliklari ham maktabda hosil qilinayotgan bilimlar va
malakalarga nisbatan foydalidir. Lokk aristokrat oilalardagi tarbiya tajribasiga
asoslanib, jentlmen tarbiyalash ishlarining hammasini yaxshi tayyorgarlik
ko’rgan tarbiyachiga topshirishni tavsiya qilgan.
Jon Lokk jentlmenlar sportining asoschisidir. Lokk jismoniy tarbiyaga
juda katta ahamiyat bergan. U sihat -salomatlik ishlarimiz va farovonligimiz
uchun zarurdir, deb ta’kidlagan. Jon Lokk Qadimgi Rim shoiri Yuvenalning
“Mens sana in corpore sano” – “Sog’lom tanda sog’ aql” degan so’zlariga
rioya qilish kerak, deb hisoblagan. Shu sababli, bolaning yoshlik chog’idanoq
tanasini chiniqtirish, charchashga, qiyinchiliklarga, o’zgarishlarga bardosh
berishga o’rgatish zarur. Lokk bolaning hayotida qattiq intizon va tartibga
rioya qilis hning ahamiyatini asoslab, bolaning kiyimi, ovqati va kun tartibi
qanday bo’lishi to’g’risida maslahatlar bergan. To’g’ri yo’lga qo’yilgan
jismoniy tarbiya, bolaning mard va chidamli bolishiga imkon beradi.
“Jentlmen istalgan vaqtda qo’liga qurol olib, soldat bo’lishga tayyor bo’lib
turadigan kishi qilib tarbiyalanishi lozim”, degan Jon Lokk.
Jon Lokk insonning ichki va tashqi tajribasini bilish manbai deb
hisoblagan. Uning fikricha, tashqi tajriba bevosita mavjud bo’lgan tashqi
moddiy dunyo bo’lib, u kishi tomonidan sezgi a’zolari, tasavvuri orqali idrok
qilinadi. Ichki tajriba esa inson qalbining faoliyati - refleksi, demak, «Bu ikki
manba sezgi obyekti sifatida yagona mohiyatni tashkil etadi, barcha
g’oyalarimiz ana shu mohiyatdan boshlanadi», - deb e’tirof etgan Lokk.
Sezish a’zolarini (sezish, hid bilish, ko’rish, eshitish) takomillashtirish,
harakat a’zolarini (qo’l, oyoq) rivojlantirish, tanani chiniqtirish, foydali
amaliy ko’nikmalar (suzish, otda yurish, eshkak eshish, qilichbozlik, o’q
otish) hosil qilish, jismoniy kuchlarni yuqori darajada ishga solish uchun iroda
kuchi va qobiliyatni kamol toptirish zarurligini ishonchli dalillar bilan isbotlab
bergan. Bu g’oyalar o’sha davr ingliz maktablaridagi jismoniy tarbiyaga
kuchli ta’sir etgan.
Jan Jak Russo (1712-1778) fransuz ma’rifatchi arboblaridan biri,
faylasuf, pedagog, yozuvchi bo’lgan. Russoning «Emil yoki tarbiya
to’g’risida» kitobida kishini tabiatga muvofiq ravishda indi vidual tarbiyalash
bo’yicha tavsiyalar berilgan. Uning fikricha, inson erkin bo’lib tug’iladi, lekin
u yo’rgakdalik chogidayoq, dastlab o’z odatlarining quliga, so’ngra esa
jamiyat quliga aylanadi. Hech qanday odatlarga ega bo’lmaslik - eng yaxshi
odatdir. Russo: «Tana jondan ilgari tug’iladi, shuning uchun dastlab tana
to’g’risida g’amxo’rlik qilish kerak, bu har ikkala jins uchun ham umumiy
bo’lgan tartibdir»,- degan. Russo jismoniy tarbiyani tabiiy ozod insonni tarkib
toptirishning asosi, deb hisoblagan. Bunda aqliy va mehnat tarbiyasini qo’shib
olib borish zarur, deb maslahat bergan.
Russo tarbiyalanuvchi bolalarning yoshini to’rt davrga ajratgan. Birinchi
davr – bola tug’ilganidan boshlab 2 yoshgacha bo’lgan davri; bu davrda
bolani jismoniy rivojlanishiga asosiy e’tibor berilishi kerak. Ikkinchi davr – 2
yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan davr; bu davrda asosan bolalarni tashqi
sezgilarini rivojlantirish kerak. Uchinchi davr – 12 yoshdan 15 yoshgacha
bo’lgan davr; bu yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish kerak. To’rtinchi davr
– 15 yoshdan balog’atga etgunigacha bo’lgan davrdir. Russoning fikricha, bu
davrda axloqiy tarbiyaga ko’proq e’tibor berish kerak. Barcha davrlarda
bolalarning sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismoniy jihatdan chiniqtirish
bilan alohida shug’ullanish zarur, deb hisoblagan Russo. U o’zining kitobida
Emilning jismoniy jihatdan tarbiyalanishiga batafsil to’xtalgan. Bolalarni
chiniqtirish, ularning jismoniy kuchini mustahkamlash va tashqi sezgilarini
rivojlantirish borasida bir qancha amaliy ko’rsatmalar bergan. Bolalar ko’p
harakatda bo’lishi, jismoniy mehnat bilan shug’ullanishi, ko’p vaqt ochiq
havoda bo’lishi kerak. Russo tabiiy va erkin tarbiya tarafdori bo’lgan. U
bolalar tarbiyani uch manbadan: tabiat, odamlar va atrofdagi narsalardan
oladilar, deb hisoblagan. Mana shu uch omilning hammasi bir -biriga uyg’un
ravishda bitta yo’lga amal qilganidagina tarbiya to’g’ri berilgan bo’ladi.
Russo pedagog sifatida o’rta asr maktablaridagi tartiblariga, qattiq intizom,
tan jazosi berish, darslarni yodlatish kabi tartiblarga qarshi chiqqan. U bola
shaxsini hurmatlashni, uning qiziqishi va istaklari bilan hisoblashishni talab
qilgan. Bu unung erkin tarbiyani targ’ib etishining ijobiy tomonidir.
Jan-Jak Russoning tushunchasiga ko’ra, qizlarning tarbiyasi o’g’il
bolalarning tarbiyasidan farq qilishi zarur. Ayollar va erkak lar jamiyatdagi
vazifasiga mos ravishda tarbiyalanishi kerak, qizlar uy ishi uchun
tarbiyalangan bo’lishi lozim, qizlar uchun hech qanday jiddiy aqliy tarbiya
kerak emas, deb hisoblagan Russo.
Dostları ilə paylaş: |