Mavzu: Kapalaklar- lipidoptera Kapalaklar


Mavzu:Sistematikada filogenetik va fenetik yo’nalishlar



Yüklə 80,79 Kb.
səhifə12/28
tarix16.05.2022
ölçüsü80,79 Kb.
#115938
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
70 talik biologiya mavzulari

Mavzu:Sistematikada filogenetik va fenetik yo’nalishlar.

Sistematika (yun. systematikos — tartibga solingan) — biol. boʻlimi. Hozirgi mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlarni tavsiflash, roʻyxatga olish va taksonlar boʻyicha tasnif qilish bilan shugullanadi. S. biol.ning barcha boʻlimlari, ayniqsa, evolyutsion taʼlimot maʼlumotlariga tayanadi; kopchilik biol. fanlari uchun asos boʻladi. Ayrim hollarda taksonomiya tushunchasi ham S.ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Tasnif qilishda organizmlarni tavsiflovchi ayrim xususiy belgilar (morfologik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik va boshqalar) emas, balki ularning majmuasidan foydalaniladi. Organizm uchun xos xususiyatlar qanchalik koʻproq inobatga olinsa, sistematik birlik organizmlar oʻrtasida qarindoshlikni, yaʼni ularning kelib chiqishidagi umumiylikni shunchalik aniq ifodalaydi. Mas, akulalar bilan kitsimonlarning yoki qushlar bilan koʻrshapalaklarning ayrim tuzilish belgilari oʻxshash boʻlishiga qaramasdan ular har xil sistematik guruhlar (sinflar)ga mansub. Bu hayvonlarning barchasi xordalilar tipiga kiradi. Shuning uchun barcha xordalilar oʻrtasida muayyan oʻxshashlik mavjud.

Organizmlarni tasnif qilishga urinish qad. tarixdan maʼlum (Aristotel, Teofrast va boshqalar); lekin faqat J.Rey (1686—1704) va, ayniqsa, K. Linney (1735-yildan boshlab) ishlari natijasida ilmiy S.ga asos solindi. Dastlabki ilmiy S. organizmlarning faqat tashqi tuzilishiga asoslangan boʻlib, ular oʻrtasida qarindoshlik munosabatlari inobatga olinmaganligidan sunʼiy S. hisoblanadi. Ch. Darvin taʼlimoti S.ga evolyusion mazmun berdi. Evolyusion taʼlimotning yaratilishi bilan S.da organizmlar oʻrtasidagi geneologik munosabatlar asosiy oʻrinni egallay boshladi; sunʼiy S.ning oʻrnini tabiiy S. egalladi.




Yüklə 80,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin