Mavzu: Kapalaklar- lipidoptera Kapalaklar


Mavzu: To’g’riqanotlilar turkumining keng tarqalgan turlari



Yüklə 80,79 Kb.
səhifə9/28
tarix16.05.2022
ölçüsü80,79 Kb.
#115938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
70 talik biologiya mavzulari

Mavzu: To’g’riqanotlilar turkumining keng tarqalgan turlari

Toʻgʻriqanotlilar (Orthoptera) -hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qoʻygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. Toʻgʻriqanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun moʻylovlilar (ediyexidsimonlar, temirchaksimonlar, chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta moʻylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, Oʻzbekistonda 350 dan koʻproq turi maʼlum. Jan. hududlardagi ochiq landshaftlarda keng tarqalgan. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. Yilda bitta nasl beradi. Odatda, tuxum davrida qishlaydi. Koʻpchilik turlari oʻsimlikxoʻr, baʼzi turlari aralash yoki yirtqich oziklanadi. Ayrim turlari koʻp sonli gala hosil qilib, uzoq masofaga uchib oʻtishi (koʻchishi) mumkin. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar keltiruvchi turlari bor (chigirtkalar, buzoqboshilar). Gala boʻlib koʻchib yuruvchi turlari (osiyo chigirtkasi, marokash chigirtkasi) ekinlar uchun ayniqsa katta xavf tugʻdiradi. Choʻl temirchagi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Uzun mo‘ylovlilarga temirchaklar va chirildoqlar kiradi.


Temirchaklar vakillarining mo‘ylovlari uzun, oyoq panjalari to‘rt bo‘g‘imli, tuxum qo‘ygichlari o‘roqsimon yoki qilichsimon bo‘ladi. Erkaklarining ust qanotlari birining asosida yo‘g‘onlashgan tomir, ikkinchi qanotida ingichkalashgan qismi bor. Ular bir biriga ishqalanish natijasida chirillagan ovoz chiqaradi. Eshitish organi oldingi boldirlar asosida o‘rnashgan. Qo‘pchilik turlari tuxumlik bosqichida qishlaydi. Rossiyaning evropa qismida , qozog‘istonda, o‘rta osiyoda uchraydi


Yüklə 80,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin