Gulxayri (Althaea) turkumi. Bu turkum vakillari bir yoki ko'p yillik o't o'simliklardan iborat. Barglari panjasimon, 3-5 bo'lakli, chetlari yirik arra tishli. O'rta Osiyoda 6 ta turi, O'zbekistonda esa 8 ta turi tabiiy holda o'sadi.
Dorivor gulxayri - Altheae officinalis ko'p yillik, bo'yi 70 - 150 sm o'simlik. Poyasi tik o'sadi, biroz shoxlangan. Barglari tuxumsimon uchburchak yuraksimon, ba'zan 3 - 5 bo'lakli. lyun- sentabr oylarida gullab, urug' beradi. To'qaylarda va sernam tog'larning pastki qismlarigacha bo'lgan yerlarda o'sadi. Gulxayri ildizining preparatlari o’rab oluvchi,balg’am ko’chiruvchi hamda yallig’lanishga qarshi (ayniqsa, bolalarning nafas yo’llari kasallanganda) dori sifatida ishlatiladi. Dorivor gulxayri o’simligining yerustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan mukaltin preparati olinadi. Mukaltin preparati balg’am ko’chiruvchi dori sifatida yuqori nafas yo’llari va o’pka yallig’lanishi kasalliklarida ishlatiladi.