Mavzu: kasbga yo’naltirish asoslari to’G`risidagi ta`limot reja



Yüklə 412,5 Kb.
səhifə8/14
tarix21.10.2022
ölçüsü412,5 Kb.
#118463
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1.2 prezentatsiyasi

To’garak ishlari.

  • Maktabda tashkil qilinadigan fanlar bo’yicha, birinchi navbatda, texnikaga oid to’garaklarning maqsadi — bolalarning sinf mashg’ulotlari jarayonida qondirilmagan talab va ehtiyojlarini (bu talab va ehtiyojlar har-bir o’quvchida sof individual holda bo’ladi) qondirishdan iborat.
  • To’garak turlarni erkin tanlash, ularda mashg’ulotdan bo’sh vaqtlarda erkin ishtirok etish, mustahkam bilim va malakalarni ishchan va ijodiy sharoitda, birinchi navbatda, kasbga yo’naltirilgan juda ko’p qimmatli sifatlarini tarkib toptirishni tarbiyalashga yordam beradi.
  • Maktabda to’garak tashkil qilganda, o’quvchilarni to’garak ishlariga ommaviy jalb etishgagina harakat qilib qolmay, balki, birinchi navbatda, nima uchun o’quvchi ushbu to’garakda shug’ullanishni xohlayotganini, bu to’garak turini tanlaganda xatoga yo’l qo’ygan-qo’ymaganligini ham aniqlash lozim.
  • Shu maqsadda fan o’qituvchisi, murabbiy, to’garak rahbarlari o’quv yilining boshlanishida darslarda, tarbiyaviy soatlarda bevosita o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishi va maktab radiosi orqali o’z shogirdlariga qanday to’garaklar ishga tushishini, ular ishining mazmuni, nimadan iborat ekanligini o’quvchilar ulardan qanday bilim va ko’nikmalar olishi mumkin, ular uchun qanday amaliy ishlarni bajarishga to’g’ri keladi — ana shular haqida gapirib berishlari lozim.

O’quvchi to’garaklarni to’g’ri va bexato tanlaganini aniqlash uchun to’garaklarga yozilish bo’yicha anketalar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu anketalar o’z ichiga quyidagi ikki savolni olishi zarur:

  • O’quvchi to’garaklarni to’g’ri va bexato tanlaganini aniqlash uchun to’garaklarga yozilish bo’yicha anketalar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu anketalar o’z ichiga quyidagi ikki savolni olishi zarur:
  • 1. Senga qanday to’garak yoqadi?
  • 2. Nima uchun sen aynan shu to’garakda shug’ullanishni xohlading?
  • O’quvchilarning bu savollarga bergan javoblari kasbga qiziqishning yo’nalishini ham, to’garak tanlash sabablarini ham aniqlash imkonish beradi. To’garak ayrim o’quvchilarning istaklarini qondira olmaganda to’garak rahbari bu o’quvchiga ishida ham umumiy, ham nazariy, ham amaliy mashg’ulotlari bo’lgan aralash to’garakni tavsiya qilishi lozim.
  • Har qanday to’garak ishining muvaffaqiyati undagi birinchi mashg’ulotning qanchalik ,uyushgan va qiziqarli o’tkazilishiga bog’liq. SHuning uchun ham to’garak rahbari to’garak a`zolariga to’garakning maqsad va vazifalarini tushuntirishi, shuningdek ,ularga loyihalanadigan va yasalishi kerak bo’lgan mashinalarning harakatdagi modelini ko’rsatishi kerak. Bularning hammasi to’garak a`zolarida mustaqil ijodiy faoliyatga qiziqish, zarur bilim va ko’nikmalar olishga ishtiyoqni o’stiradi. Misol tariqasida to’garak a`zolarining radiotexnika to’garagida to’garak a`zolarini kasb bilan tanishtirish taxminiy rejasi hamda ularda kasbga qiziqishni o’stirish metodlarini ko’rib chiqish mumkin.

Yüklə 412,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin