Mavzu: Kashtachilikning rivojlanish tarixi va ish usullari. Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad


O’tilgan mavzuni takrorlashga oid savollar



Yüklə 123 Kb.
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü123 Kb.
#126760
1   2   3
DARS ishlanma kashtachilik

O’tilgan mavzuni takrorlashga oid savollar.

  1. Kashtachilik hqida nimalarni bilasiz?

  2. Kashtachilikning ahamiyati haqida to’xtaling?

  3. Kashtachilikda xavsizlik texnikasi qoidalarini izohlang?

  4. Kashta tikishda qanday asbob va moslamalardan foydalaniladi?

Kashta tikishda stol, stul, tikilgan namunalar, sidirg’a gazlamalar, igna, angishvona, qaychi, turli ranglardagi ip, ilmoqli bigiz , karton va texnologik xaritalardan foydalaniladi?


Yangi mavzuning bayoni.
Dars hikmati: Daryo suvini bahor shoshirar
Odam qadrini mehnat oshirar.
Kashtaning kiyimlar va buyumlarni bezashdagi ahamiyati katta. Uning yordamida kiyimlarni yangilash, ko’pgina kerakli buyumlar-qo’lsochiq, fartuk, yostiq jildlarini, yaqin kishilarga beriladigan sovg’alarni bezash va tayyorlash mumkin. Kashta tikish qiziqarli va ijodiy ish bo’lib, kishiga zavq bag’ishlaydi. Bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazishga xizmat qiladi.. Sabr-matonatga, mulohazorlikka, yeti o’lchab bir kesishga, tartibli bo’lishga va mehnat qilishga o’rgatadi. Kashta tikish san’ati ko’p asrlik tarixga ega. Qadimdan sochiq, to’r hoshiya, dasturxon, bayram va kundalik kiyimlar peshand, bosh kiyim va boshqa uy-ro’zg’or buyumlari kashta yordamida bezatilgan. Kashta tikish avloddan-avlodga o’tib takomillashdi va milliy xususiyatga ega batakror kashta namunalari yaratildi. Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari, ranglarining mutanosibligi, bajarish usullarining aniqligi bilan ajralib turadi. Qo’lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak bo’ladi. Bular; igna, angishvona, qaychi, santimetr tasmasi, gardish, turli xil mulina iplari. Bularning hammasi maxsus qutichada saqlanishi kerak. Kashtachilikda quyidagi chok turlari mavjud: qaytma chok,suv chok, iroqsimon chok, yorma chok va popok choki.
Qaytma chok –bir xil yiriklikdagi qaviqlarning uzliksiz qatoridan iborat bo’ladi. Ignaning o’ngidan chapiga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi oraliq hosil qilinadi.Ikkinchi qaviqni tushuntirish uchun ip chapdan o’nga yotqizib birinchi qaviq tugagan joydagi nuqtaga igna sanchiladida qaviq yirikligida o’ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o’zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi.
Suv choki- Bir-biriga zich joylashgan qiya qaviqlardan iborat bo’ladi. Bu chokni chapdan o’nga tomon yoki o’zidan oldinga qaratib yo’naltirib tikish mumkin.
Iroqsimon chok- Gazlamadan sug’irilib chiqarilgan ikkita ip izi bo’ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining chizig’idan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o’nga tomon joylashtirib boriladi.
Yorma chok- Ba’zan ziy chok deyiladi, chunki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamaning teskari tomoniga 3-4 sm bukib, gazlama rangidagi ip bilan ko’klab chiqiladi.Petlya chok qaviqlari chapdan o’nga tomon gazlama ziyiga perpendikulyar joylashtirib tikiladi.
Popop- Chok bir-birining ichidan chiqib keladigan uzluksiz qator petliyalardan iborat bo’ladi. Bu chokni gardishda va gardishsiz tikish mumkin.
Kashtachilikda stol, stul, tikilgan namunalar, sidirg’a gazlamalar, igna, angishvona, qaychi, turli ranglardagi ip, ilmoqli bigiz , karton va texnologik xarita kerak bo’ladi.

Yüklə 123 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin