Badiiy-estetik rivojlanish. Kichik maktab yoshidagi davrda bolalar badiiiy-estetik rivojlanishda katta imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Bolalar odatda rasm chizishga, loy yoki plastilindan narsa yasash ishlariga, ashula aytish va mo’zikaga juda qiziqadilar. Bunday faoliyatni to’g’ri tadqiq qilish bir tomondan bolalarga estetik hislarning rivojlanishiga yordam beradi, ikkinchi tomondan tegishli qobiliyat komponentlarining rivojlanishiga uchun shart-sharoit yaratadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni takidlab o’tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli hislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o’z shaxsiy manfaati uchun bajonudil va ko’p mehnat qilishga bo’lgan xudbinni ham tarbiyalaydi.
Bolalar o’z-o’ziga xizmat qilish va o’zlari uchun foydali bo’lgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zo’r ehtibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni sekin-asta ko’pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo’lgan ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O’quv faoliyati kichik maktab yeshidagi o’quvchi uchun nafakat bilish jaraenlarining yukori darajada rivojlanishi .balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. SHuni aloxida ta’kidlash lozimki yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashkari boshka faoliyatlar-uyin.mulokot va mehnat faoliyatit ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir kursatiadi.SHuningdek bu faoliyatlar asosida muvafakkiyatga erishish motivlari bilan boglik bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuklarga erishish extiyojini kondirishga ,shuningdek tengdoshlari orasida uz urniga ega bulishiga imkoniyat ham yaratadi.Aynan ana shu urin yoki mavkega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun xarakat kilishi mumkin.Bu yoshdangi bolalar doimiy ravishda uzlari erishgan muvaffakkiyatini boshka tengdoshlari muvaffakkiyati bilan solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bulish nixoyatda muxim .Kichik maktab davrida bolalardagi musobakaga kirishish motivi tabiiy psixologik extiyoj hisblanib bu motiv ularga kuchli emotsional zurikishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bogcha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek o’smirlik davrida ham yakkol kuzga tashlanadi.Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u xakidaga fikr va baxolariga karab uzlariga uzlari baxo beradilar.O’quvchining uziga uzi beradigan baxosi asosan tugridan tugri o’qituvchining beradigan baxosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffakiyatlariga boglik.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda uz uziga beradigan baxolari turlicha –yukori , adekvat,past bulishi mumkin.Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiklik, tashki ta’sirlarga beriluvchanlik,itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffakkiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin.Bu davrda muvaffakkiyatga erishish motivlari tarkib topish bilan bir katorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mehnatsevarlik asosan o’qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada uz kilayotgan mehnati unga zavk bergan takdirdagina yuzaga keladi.Bolada mustaqillik xusuiyatining shakllanishi asosan kattalarga boglik.Agar bola xaddan ziyod ishonuvchan, itoatkor,ochik xususiyatli bulsa unda asta sekinlik bilan buysinuvchanlik mustaqil bo’la olmaslik xususiyati mustahkamlana boradi. Lekin bolani vaqtli mustaqillikga undash unda quloqsizlik yopiqlikni shakllanishiga olib keladi va hayotiy tajribalarni asosan kimlargadir taklid qilgan xolda uzlashtiradi Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. SHuningdek shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki,unda bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin .Ana shu his bolada mustaqil bulishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7-11 yoshli davrda bolalar o’zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani uz-uzini anglashi ham jadal rivojlana boradi va
mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada
ko’proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va
atrofdagilar tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar.
Bolani o’zining tashqi ko’rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham
o’z-o’zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga
borib bolalar, ayniksa qizlar o’zlarining yuz-tuzilishlariga aloxida
e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshdagi o’quvchining o’quv faoliyati jarayonida o’zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o’zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli rivishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtrishiga, hamda bilim olish jarayoniga bo’lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. O’quvchi xulk-atvorining motivlashtirishi ham o’zgaradi. Bunda o’rtoqlar va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo’lib qoladi. Axloqiy his-tuygular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi.
5-6 yoshli davrida bolalarning ko’zga tashlangan xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi hamda o’smirlik davrining boshlariga kelib juda ko’p shaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko’rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib ko’pchilib boalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko’zga tashlanadi. Kichik maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o’z-o’zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o’qituvchi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg’iz xolda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu narsa ana shuning uchun muhimdirki, birinchi sinf o’quvchilarining mehnat faoliyatida shaxsiy motivlar aniq namayon bo’ladi. Birinchi sinf o’quvchisi o’zi uchun zarur bo’lgan narsani katta qunt bilan berilib tayyorlaydi. Boshqalar uchun ishlashga esa, unda xali tajriba yo’q.
Dostları ilə paylaş: |