Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Kitobxonlikning iqtisodiy taraqqiyotimiz, turmush obodligiga hamohang tarzda jamiyatda maʼnan yetuk, komil insonlarni voyaga yetkazishdagi rolini aniqlash va uning imkoniyatlaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Yoshlarda kitobxonlik faolligini oshirishning mazmuni, shakllari, metod va usullari.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti: O’quvchilarni oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
1. Maktab va oilada o’quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish va o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kitobxonlikni oshirish pedagogik muammo ekanligini nazariy hamda amaliy jihatdan asoslash.
2. O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila, ota-ona faoliyati va imkoniyatlarini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi: «Ta’lim to’g’risidagi »Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O’zbekiston Respulikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» va boshqa asarlari, Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir qarashlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi.
Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot metodlari: nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, savol-javob;
Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.BOB. KITOBXONLARDA O‘QISH MADANIYATINI TARBIYALASHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Dostları ilə paylaş: |