Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
1.Muqimiyning hukmron doiralar bilan bo’lgan munosabati haqida nimalar bilasiz?
2.Shoirning Toshkentga qilgan sayohati ijodiga qanday ta’sir ko’rsatgan?
3. Muqimiy lirikasini mavzu jihatdan necha guruhga ajratish mumkin?
4. Shoirning hajviy asarlarida qanday muammolar ko’tarilgan?
5. “Sayohatnoma” janrining shakllanishi va uning shoir ijodida tutgan o’rni haqida nimalar bilasiz?
|
O’qituvchi-
Talaba
|
|
5-bosqich
|
Umumiy yakuniy xulosalar chiqariladi.
Maqsad va vazifalarning bajarilganligi tahlil qilinadi, zaruriy maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.
|
O’qituvchi
|
|
Mavzu rejasi:
Shoirning tarjimai holi
Muqimiyning adabiy merosi
Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari:
Bolalik va o’qish yillari, ijodiy merosi, sheriyatida muhabbat mavzusi, hajviyotida ijtimoiy illatlarning tanqidi, ijodida siyosiy mavzu, mutoyibalari, «Sayohatnoma»lari, shoir ijodida maktub janri
Mavzuga oid muammolar:
1. Ma’lumki, Muqimiy ijodida hajviyot etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy omillari nimalarda ko’rinadi, shoir shaxsiy hayoti ta’sirida paydo bo’lganmi yoki ijtimoiy muhit?..
2. Ma’lumki, 19-asrning ikkinchi yarmida Muqimiy ijodida ayrim yangi janrlar shakllandi. Nima sababli bu janrlar boshqa shoirlar ijodida emas, balki aynan Muqimiy ijodida paydo bo’ldi, deb o’ylaysiz?
1 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:
Muqimiyning bolalik va o’qish yillari haqida tushuncha berish, shuningdek, uning milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri ekanligini asoslash.
Identiv o’quv maqsadlari:
Muqimiyning bolalik va o’qish yillari haqida malumot beradi.
Muqimiy va hukmron doiralar o’rtasidagi munosabatni tushuntiradi.
Muqimiyning Toshkentdagi hayotiga baho beradi.
Dostları ilə paylaş: |