Мавзу: Комил Хоразмий


– asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 7,05 Mb.
səhifə44/95
tarix11.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#129983
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Мавзу Комил Хоразмий

2– asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:

Shoir lirikasi, sherlarining mavzu doirasi haqida tasavvur uyg’otish, shuningdek, hajviyoti va «Sayohatnoma»larini tahlil qilish.


Identiv o’quv maqsadlari:


2.1.Shoirning adabiy merosi to’g’risida malumot beradi.


2.2.Muqimiyning lirik sherlarini tahlil qiladi.
2.3.Shoirning hajviyoti va yumorlarini izohlaydi.
2.4.Muqimiy «Sayohatnoma»lariga baho beradi.


2– asosiy masalaning bayoni:

Muqimiy sheriyatining asosini muhabbat mavzusi tashkil etadi. U muhabbat alangasida yongan insonni kuylaydi. Bu inson istaklari, armonlari, kurashlari kechinmalari, sevgi va alamlari. Shoir sherlarining tub mazmunini tashkil etadi.


Muqimiy o’z sheriyatining «muhabbat qo’shig’i» ekanligini qayta-qayta takidlaydi. U muhabbat alangasida yongan insonni kuylaydi. Bu inson istaklari, armonlari, kurashlari, kechinmalari, sevinch va alamlari, shoir sherlarining tub mazmunini tashkil etadi.

O’zimda, garchikim, had yo’q edi alhamdulillohkim,


Muborak ko’yniga jo topdi ashorim mani oni.
Muqimiy so’zidan bo’yi muhabbat kelgay, ey ahbob.
Tarannum qilsa mahfillarda hofizlarni hushxoni.

Muqimiy g’azallari muhabbat iztiroblaridan entikkan bir oshiq kechinmalarining jonli va haqqoniy ifodasidir. Unda, xuddi hayotning o’zida bo’lganidek, nozik va chuqur tuyg’ular, qarama–qarshi kayfiyatlar aks etadi. Bu g’azallarda muhabbat alangasida o’rtangan yurakka xos qayg’u–alam bilan birga og’ushining lazzati ham bor, ayriliq–hijron jafolaridan faryod qilish bilan birga, yor–visol umidining sevinchlari ham yangrab turadi.


Muqimiy ijodiy merosida hajviyot salmoqli o’rin tutadi. Shoir satiralarini tanqid obektiga qarab, shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
1.Chor chinovniklari va mahalliy amaldorlar zulmini ko’rsatishga qaratilgan satiralar («Tanobchilar», «Dod-xohim», «Axtaring», «Saylov», «Tar mevalar», «Dar mazammati sageki, ellik boshi nomi nixoda budand»).
2.Mahalliy boylar, mustamlakachilarning kirdikorlarini ochib tashlashga qaratilgan satiralar. («Maskovchi boy tarifida», «Hajvi Viktor boy», «Hajvi Viktor», «Voqeai Viktor», «Dar shikoyati Laxtin», «Voqeai ko’r Ashurboy», «To’yi Iqon bachcha», «Hoji qadoqchi», «Gap to’g’risida gap»).
3.Jamiyatda tekinxo’rlik bilan hayot kechiruvchi din ahllarini tanqid qilishga bag’ishlangan satiralar. («Hajvi xalifai Mingtepa», «Dar mazammati qurbaqa», «Avliyo» va boshqalar).
Muqimiy hajviyotining ikkinchi qismi yumoristik sherlardir. Muqimiyning o’ttizga yaqin yumoristik asarlari bo’lib, ulardan yigirma beshtasi nashr etilgan. Bu mutoyiba sherlar bir necha mavzularga bo’linadi. Muqimiyning tabiga yoqqan mavzular ham borki, shoir bu mavzularga qayta–qayta murojaat qiladi. Bu holni ot, arava, loy, pashsha, bezgak mavzularida ko’rish mumkin. Muqimiyning ko’sa mavzusiga alohida moyilligi seziladi. Chunonchi, u «Ko’samen», «Devonamen» radiflarida beshta sher yozgan. Ot mavzusidagi sherlari ham bundan kam emas.
O’zbek adabiyotida malum va g’oyaviy xususiyatlarga ega bo’lgan «Sayohatnoma» janrini boshlab beruvchi Muqimiy bo’ldi. Turli vaqtlarda qilgan sayohat taassurotlarini tasvirlab, uchta «Sayohatnoma» yozdi. Keyinchalik shoirning yangi «Sayohatnoma»si «Isfara sayohati»dan ham topildi.
Muqimiy «Sayohatnoma»lari o’z vaqtida naziralarni maydonga keltirdi. Chunonchi shoir Zavqiy ham Muqimiy ananasini davom ettirdi.
Muhokama uchun savollar:



    1. Shoirning sheriyati mavzu jihatidan necha guruhga bo’linadi?

    2. Shoirning hajviy asarlarida qanday muammolar ko’tarilgan?

    3. «Sayohatnoma» janrining shakllanishi va uning Muqimiy ijodida tutgan o’rni haqida nimalar bilasiz?




Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin