2– asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:
Avloniy dramalarini tahlil qilish va publitsistikasi haqida talabalarda tasavvur uyg’otish
Identiv o’quv maqsadlari:
Adibning dramalari haqida umumiy malumot beradi.
«Pinak», «Biz va siz» dramalarini tahlil qiladi.
Avloniy publitsistikasiga baho beradi.
2– asosiy masalaning bayoni:
Yuqorida aytib o’tilgandek, Avloniy 1913 yildayoq birinchi o’zbek teart to’dasi «Turkiston» («Turon»)ga soldi. O’zi «Turkiston» to’dasi uchun «Advakatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki sevgi», «Biz va siz», «Portugaliya inqilobi» singari pesalar yozdi. Ozarbayjon va tatar dramaturglarining «qotili karima», «Uy tarbiyasining bir shakli», «Xiyonatkor oila», «Badbaxt kelin», «Hur-hur», «Jaholat», «O’liklar» singari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. «Advokatlik osonmi?» asarida Avloniy faqat oliy malumotli huquqshunoslargina emas, balki 10-yillardagi Turkistonda umuman epaqali qonunlarning, huquqiy munosabatlarining yo’qligi, xalqning huquq masalalarida savodi kamligidan kulgan.
Bir pardali «Pinak» (1915) nomli kulgi ham Turkiston xalqlari turmushidan olingan. Avloniy ko’knori va qimorbozlar ustidan engil kulgu uyg’otish niyatida Tursun va Fo’lod ismli yoshi oltmishni qoralagan ikki kishining kayfdagi holatlarini tasvirlaydi.
Avloniy dramaturg sifatida o’z davri uchun muayyan ahamiyatga ega bo’lgan asarlar muallifidir. Uning sahna, shuningdek, sheriy asarlarini badiiy barkamol deb bo’lmaydi. Jadid adabiyotining vazifasi jamiyatning o’sha yillaridan holati, kishilarning o’sha yillardagi ruhiyatini va xatti-harakatlarida ijobiy o’zgarish yasash, xalq va jamiyatni madaniy taraqqiyot bosqichiga olib chiqish edi. Avloniyning sahna asarlari ham ana shu qutlug’ ishga xizmat qilgan.
Muhokama uchun savollar:
Avloniy dramalari uchun xos bo’lgan umumiy xususiyat nimalardan iborat?
Nima uchun drama «Advokatlik osonmi?» deb ataladi?
«Pinak» dramasida qanday muammolar ko’tarilgan?
2.4. «Kim nimani yaxshi ko’rar» maqolasida qanday masalalar ko’tarilgan?
2.5. «Madaniyat to’lqinlari» maqolasini qanday baholaysiz?
Dostları ilə paylaş: |